O'zbekiston

SHHTga a’zo davlatlar forumi: madaniy hamkorlik va o‘zaro anglashuv yo‘lidagi muhim qadam

Forumda globallashuv sharoitida madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash va turli sivilizatsiyalar vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

SHHTga a’zo davlatlar forumi: madaniy hamkorlik va o‘zaro anglashuv yo‘lidagi muhim qadam

III Xalqaro Maqom san’ati forumi doirasida “SHHTga a’zo davlatlarning madaniyatlararo muloqoti” forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamon.uz muxbiri xabar bermoqda.

 

 

Tadbirda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning madaniyat vazirlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, ekspertlar, san’at va madaniyat sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.

 

Forum davomida ta’kidlanganidek, madaniy-gumanitar hamkorlik SHHT faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tashkilotga a’zo davlatlar o‘zaro hurmat, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va madaniy xilma-xillik tamoyillari asosida hamkorlikni izchil rivojlantirib kelmoqda. Joriy yilda SHHT tashkil etilganining 25 yilligi nishonlanayotgani forumga alohida ramziy ahamiyat bag‘ishladi. So‘zga chiqqanlar o‘tgan davr mobaynida SHHT siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan nufuzli xalqaro tuzilmaga aylanganini qayd etdilar.        

 

 

Forumda bugungi globallashuv sharoitida madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, stereotiplarni bartaraf etish hamda turli sivilizatsiyalar vakillari o‘rtasida samarali muloqotni kengaytirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur forum SHHT makonida madaniy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi qayd etildi. 

 

 

O‘zbekiston tashkilotning madaniy loyihalarida faol ishtirok etib, kino, teatr, musiqa, raqs san’ati, muzeylar faoliyati hamda boshqa yo‘nalishlarda a’zo davlatlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

 

Shuningdek, “Madaniyat kunlari” tadbirlarini o‘tkazish, qo‘shma teatr gastrollari, muzey ko‘rgazmalari va xalqaro festivallarda o‘zaro ishtirok etish madaniy aloqalarni mustahkamlashning muhim vositasi sifatida e’tirof etildi.

 

 

Forumda SHHT mamlakatlari aholisi soni 3 milliarddan ortiq ekani, bu esa dunyo aholisining qariyb yarmini tashkil qilishi qayd etilib, mazkur salohiyatdan samarali foydalanish, qo‘shma madaniy loyihalar sonini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi.

 

Tadbir davomida SHHTga a’zo davlatlar oldida turgan ustuvor vazifalar ham belgilab olindi. Xususan, milliy an’ana va qadriyatlarni asrashga qaratilgan madaniy loyihalarni amalga oshirish, madaniy merosni raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali uni saqlash, yoshlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro forum va festivallardagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

 

Forum yakunida madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash, SHHT makonida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuv muhitini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikrlar bildirildi.

 

 

Ishtirokchilar mazkur forum SHHT davlatlari o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni mustahkamlash, xalqlarni yanada yaqinlashtirish va “Shanxay ruhi” tamoyillarini amalda ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.