Sport

Turkiya mundialni g‘alaba bilan tark etdi

Terma jamoa JCH-2026ni AQSh ustidan g‘alaba bilan yakunladi.

Turkiya mundialni g‘alaba bilan tark etdi

 

AQShning Kaliforniya shtatidagi Inglevud shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda hisobni mezbonlar 3-daqiqada Oston Trasti goli bilan ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay Arda Gyuler 10-daqiqada muvozanatni tiklagan, 31-daqiqada esa Barish Yilmaz Turkiyaga ustunlik olib kelgan.

 

Ikkinchi bo‘lim boshida AQSh hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning qo‘shib berilgan daqiqalarida Kaan Ayhan kiritgan gol Turkiyaga 3:2 hisobidagi g‘alabani taqdim etgan.

 

Mazkur uchrashuv turnir jadvali nuqtayi nazaridan har ikki jamoa uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega emas edi. AQSh terma jamoasi avvalgi turlarda Paragvay va Avstraliya ustidan qozonilgan g‘alabalar evaziga muddatidan oldin pley-off masalasini hal qilgan edi.

 

Turkiya esa guruh bosqichidagi dastlabki ikki uchrashuvda Avstraliya (0:2) va Paragvayga (0:1) mag‘lub bo‘lgani sababli pley-offga chiqish imkoniyatidan ayrilgandi.

 

Guruhning parallel uchrashuvida Avstraliya va Paragvay durang o‘ynadi. Har ikki jamoa to‘rt ochkodan jamg‘argan bo‘lsa-da, to‘plar nisbatiga ko‘ra Avstraliya ikkinchi o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Paragvay esa eng yaxshi uchinchi o‘rin egalaridan biri sifatida keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qolgan.

 

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi Jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazilmoqda. Turnirning 1/16 final bosqichi 28-iyundan boshlanadi, final uchrashuvi esa 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

custom img

Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Futbolchi otasi Xorxe Messining vafotidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarori qat’iylashganini bildirdi.

custom img

US Open: Kamilla Rahimova dunyoning 29-raketkasini mag‘lub etdi

Teng kurashlar ostida o‘tgan birinchi set 7:6 hisobida Rahimovaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

custom img

O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Kumush medal Germaniya, bronza medal AQSH terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"