Sport

U-17 JCH: O‘zbekiston Italiyaga yutqazdi

Mag‘lubiyatga qaramasdan, o‘zbekistonlik futbolchilar guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.

U-17 JCH: O‘zbekiston Italiyaga yutqazdi

Qatarda o‘tkazilayotgan FIFA U17 Jahon chempionatida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini Italiyaga qarshi o‘tkazdi. Sergey Chigodayev shogirdlari 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

 

26-noyabr kuni E guruhining uchinchi turida bo‘lib o‘tgan bahsda hisobni 7-daqiqada italiyalik Tommazo Kazagrande ochdi. 31-daqiqada Federiko Krochi penaltidan foydalanib, farqni oshirdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Tomas Korilyano Italiya terma jamoasining uchinchi golini kiritdi.

 

O‘zbekiston terma jamoasi safida yagona gol 75-daqiqada Suhrob Sadrjonov tomonidan urildi.

 

Shu tariqa, O‘zbekiston U17 terma jamoasi guruh bosqichini 3 ochko va 8:7 to‘plar nisbati bilan yakunlab, E guruhida uchinchi o‘rinni egalladi. Italiya 9 ochko bilan birinchi, Kot-d’Ivuar esa 6 ochko bilan ikkinchi bo‘ldi.

 

O‘zbekistonlik futbolchilar musobaqaning keyingi bosqichiga chiqish imkoniyatini saqlab qolmoqda. Turnir reglamentiga ko‘ra, guruhda uchinchi o‘rinni egallagan 12 ta jamoa orasidan eng yaxshi natija qayd etgan 8 tasi 1/16 finalga yo‘l oladi.

 

 

Jahon toji uchun kurash boshlandi: Sindarov va Gukesh hisobni teng ochkolar bilan boshladi

Jahon toji uchun kurash boshlandi: Sindarov va Gukesh hisobni teng ochkolar bilan boshladi

Sindarov va Gukesh o‘rtasidagi bahs jahon chempionligi tarixidagi eng yosh match bo‘ldi.

U-17 JCH: O‘zbekiston Yamaykani 6:2 hisobida mag‘lub etdi

U-17 JCH: O‘zbekiston Yamaykani 6:2 hisobida mag‘lub etdi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

U17-JCH: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

U17-JCH: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

Sergey Chigodayev shogirdlari o'yin yakuniga oz qolganda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborib bir ochkodan mahrum bo'ldi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

Uchrashuvda Sherzod Esanov dubl muallifiga aylandi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.