O'zbekiston

O‘zbekistonda elektr iste’moli yangi rekord o‘rnatdi: yozgi ko‘rsatkich qishki maksimumdan ham oshdi

Elektr energiyasi iste’moli 284 mln kVt·soatga yetib, yozgi va qishki rekordlarni ortda qoldirdi.

O‘zbekistonda elektr iste’moli yangi rekord o‘rnatdi: yozgi ko‘rsatkich qishki maksimumdan ham oshdi

 

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Yozgi sutkalik iste’mol hajmi ilk bor qish mavsumidagi tarixiy maksimumdan ham oshdi.

 

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 14-iyul kuni mamlakat yagona energetika tizimida sutkalik elektr energiyasi iste’moli 284 million kVt·soatni tashkil etgan. Mazkur ko‘rsatkich 13-iyul kuni qayd etilgan yozgi rekorddan 5,4 million kVt·soatga (1,94 foiz), shuningdek, 24-yanvarda qayd etilgan qishki maksimumdan 1 million kVt·soatga yuqori bo‘lgan.

 

Shu kuni elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi ham rekord darajaga yetib, 287,3 million kVt·soatni tashkil etgan. Bu qish mavsumidagi eng yuqori ishlab chiqarish hajmidan 9,7 million kVt·soatga (3,49 foiz) ko‘pdir.

 

Vazirlik ma’lum qilishicha, yuqori yuklama davrida elektr ta’minoti barqarorligini saqlash maqsadida avariya-ta’mirlash brigadalari kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Xususan, Toshkent shahrining ayrim tumanlari hamda Qashqadaryo viloyatida shamol oqibatida yuzaga kelgan nosozliklar tezkor bartaraf etilgan.

 

Ayni paytda hududlarda elektr stansiyalari, podstansiyalar, transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda quvvatini oshirish bo‘yicha rejali ishlar davom ettirilmoqda.

 

Energetika vazirligi ayrim hududlarda yuqori yuklama sabab elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildirib, fuqarolarni elektr energiyasidan oqilona foydalanishga chaqirdi. Xususan, konditsionerlarni 24–26°C haroratda ishlatish va ularning filtrlarini muntazam tozalab turish tavsiya etilgan.

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

Dekabrga qadar ish joyidagi tazyiq va kamsitishlar haqida anonim xabar berish imkonini beruvchi portal ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Nukusda MIB orqali avtohalokat natijasida yetkazilgan zarar undirib berildi

Nukusda MIB orqali avtohalokat natijasida yetkazilgan zarar undirib berildi

Maʼlum bo‘lishicha, haydovchi boshqa avtomashinaga yo‘l bermaganligi oqibatida to‘qnashib, unga 54 mln so‘m moddiy zarar yetkazgan.

Namanganda MIB orqali 11 ta telefon yo‘q qilindi

Namanganda MIB orqali 11 ta telefon yo‘q qilindi

Shu tariqa sud qarori ijrosi to‘liq taʼminlangan.

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi

Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Hokimlikdan prokuraturaga: Toshkent shahar prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Hokimlikdan prokuraturaga: Toshkent shahar prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Nilufar Allabergenova ushbu tayinlovga qadar Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Erta nikohga qarshi jazo kuchaytirildi: jarimalar 50 BHMgacha oshdi

Erta nikohga qarshi jazo kuchaytirildi: jarimalar 50 BHMgacha oshdi

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonun bilan erta nikoh va nikoh tuzish tartibini buzganlik uchun jarimalar oshirildi.

Tilanchilik uchun jarima oshdi: ayrim holatlarda qamoq ham qo‘llanadi

Tilanchilik uchun jarima oshdi: ayrim holatlarda qamoq ham qo‘llanadi

Tilanchilik va odamlarni ushbu faoliyatga jalb qilish uchun jazolarni kuchaytirildi.

Farzand tarbiyasidagi mas’uliyatsizlik: ota-onalarni qanday jazo kutmoqda?

Farzand tarbiyasidagi mas’uliyatsizlik: ota-onalarni qanday jazo kutmoqda?

O‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash majburiyatini bajarmagan ota-onalar uchun jazo kuchaytirildi.