Toshkentda Yangi yilga tayyorgarlik boshlandi: ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi
30-noyabrdan 2027-yil 10-yanvargacha ayrim ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Toshkentda Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik doirasida 2026-yil 30-noyabrdan 2027-yil 10-yanvargacha ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Cheklovlar quyidagi ko‘cha qismlariga taalluqli:
- Istiqlol ko‘chasi — Buyuk Turon va Zarafshon ko‘chalari oralig‘ida;
- Buyuk Turon ko‘chasi — Istiqlol ko‘chasi bilan kesishmadan Yoshlar ijod saroyigacha.
Qayd etilishicha, cheklovlar aholi xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida joriy etilmoqda.
Harakat cheklovlarining ikkinchi bosqichi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Haydovchilarga safar yo‘nalishlarini ushbu o‘zgarishlarni inobatga olgan holda rejalashtirish tavsiya etilgan.








