O'zbekiston

Havo sifati yomonlaşişiga qarşi çoralar: qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi

Loyihada havo sifati keskin yomonlaşgan holatlarda işlab çiqariş, transport harakati va quriliş işlarini vaqtinça çeklaş nazarda tutiladi.

Havo sifati yomonlaşişiga qarşi çoralar: qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi

Özbekistonda atmosfera havosi ifloslanişining oldini oliş va havo sifati keskin yomonlaşgan holatlarda tezkor çoralar köriş tartibini belgilovçi qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. Muhokama 12-dekabrga qadar davom etadi.

 

Qaror loyihasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi 46-son Farmoni ijrosini ta’minlaş maqsadida işlab çiqilgan.

 

Hujjatda havo sifatini baholaşning yagona milliy indeksatsiya tizimini joriy etiş, uzluksiz monitoringni yölga qöyiş va aholini real vaqt rejimida xabardor qiliş mexanizmlarini yaratiş nazarda tutilgan.

 

Şuningdek, atmosfera havosi keskin ifloslangan holatlarda işlab çiqariş quvvatlarini vaqtinça pasaytiriş, transport harakatini çeklaş va quriliş işlariga vaqtinçalik çeklovlar kiritiş kabi çoralar belgilanişi közda tutilgan.

 

Loyihada ifloslanişning oldini oliş, ekologik oqibatlarni bartaraf etiş hamda favqulodda vaziyatlarda mas’ul davlat organlari örtasida tezkor axborot almaşinuvi va muvofiqlaştirilgan harakatlarni ta’minlaş mexanizmlari ham aks etgan.

 

Hujjat qabul qilinişi natijasida atmosfera havosi sifatini monitoring qiliş tizimini takomillaştiriş, monitoring natijalarining oçiqligini ta’minlaş va ifloslanişning aholi salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytiriş kutilmoqda.

 

Fuqarolar va jamoatçilik vakillari qaror loyihasi yuzasidan öz taklif hamda mulohazalarini 12-dekabrga qadar Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida bildirişi mumkin. Muhokama yakunida kelib tuşgan takliflar asosida loyiha takomillaştirilib, huquqiy ekspertizadan ötkaziş uçun Adliya vazirligiga kiritiladi.