O'zbekiston

"Rayhon" milliy taomlar restorani egasi 8 yilga qamaldi

U Jinoyat kodeksining ikkita moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilgan.

"Rayhon" milliy taomlar restorani egasi 8 yilga qamaldi

 

Namangan viloyati Pop tumanida ko‘rib chiqilgan jinoyat ishi bo‘yicha “Rayxon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi hamda yana olti nafar shaxsga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov ma'lum qildi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudida 1977-yilda tug‘ilgan, avval sudlanmagan O. I. hamda yana olti nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, barcha 7 nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi), 227-moddasi (hujjatlar va boshqa rasmiy belgilarni noqonuniy egallash yoki yashirish) hamda 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish va ulardan foydalanish) tegishli bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

 

Sud hukmiga asosan, O. I. ga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 62-moddasiga muvofiq, qamoqda saqlangan muddati hisobga olinib, jazo muddati 7 yil 11 oy 28 kun etib belgilandi.

 

Qolgan olti nafar sudlanuvchiga ham sodir etgan jinoyatlarining og‘irligi va ishtiroki darajasidan kelib chiqib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.

 

Shuningdek, jinoyat ishi doirasida yetkazilgan moddiy zararni sudlanuvchilardan solidar tartibda undirish belgilandi.

 

Ma’lum qilinishicha, birinchi instansiya sudi hukmi ustidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda Namangan viloyat sudining apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasiga shikoyat yoki protest keltirilishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"Rayhon" milliy taomlar restorani egasi 8 yilga qamaldi | Zamon.uz