O'zbekiston

Endi ekologik ekspertiza boshqacha ishlaydi: Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qarori nimalarni o‘zgartirdi?

Yangi tartib loyihalarni ekologik xavfiga qarab baholash, byurokratiyani qisqartirish va xizmatlar shaffofligini oshirishni nazarda tutadi.

Endi ekologik ekspertiza boshqacha ishlaydi: Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qarori nimalarni o‘zgartirdi?

2026-yil 5-avgust kuni Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Davlat ekologik ekspertizasi markazi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qarorining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

Xo‘sh, yangi qaror bilan nimalar o‘zgardi?

Mazkur qaror asosida atrof-muhitga ta‘sirni baholash tizimi xalqaro standart va yondashuvlar asosida takomillashtirildi. Endilikda:

 

  • loyihalar ekologik xavf darajasiga qarab toifalarga ajratilib baholanadi;
  • skrining va skoping bosqichlari joriy etildi;
  • uglerod izi hamda issiqxona gazlari emissiyasini baholash talabi belgilandi;
  • jamoatchilik ishtiroki kengaytirildi;
  • loyiha ishlab chiquvchilarning mas‘uliyati kuchaytirildi.

Shuningdek tadbirkorlar uchun bir nechta qulayliklar yaratilmoqda:

  • ekologik ekspertiza xizmatlariga elektron murojaat qilish;
  • loyiha toifasiga mos, mutanosib talablar asosida baholash;
  • jarayonlarning yanada shaffof va tushunarli bo‘lishi;
  • ochiq reyting tizimi orqali ishonchli loyiha ishlab chiquvchilarni tanlash imkoniyati;
  • ortiqcha vaqt va xarajatlarning oldini olish.

Yangi tizimning asosiy maqsadi tadbirkorlar uchun qo‘shimcha cheklovlar yaratish emas, balki ekologik xavflarni oldindan baholash, byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish, davlat xizmatlarining shaffofligini oshirish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qarori O‘zbekistonda ekologik ekspertiza va atrof-muhitga ta‘sirni baholash tizimini zamonaviy bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Mazkur islohot iqtisodiy rivojlanish va ekologik barqarorlik o‘rtasidagi muvozanatni mustahkamlashga qaratilgan.

Endi ekologik ekspertiza shunchaki ruxsat berish mexanizmi emas — u ekologik xavflarni oldindan boshqarishning zamonaviy tizimiga aylanmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.