Surxondaryoda blekaut yuz berdi
Energetika vazirligi uzilish qo‘shni mamlakat energetika tizimidagi avariya bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

Surxondaryo viloyatining katta qismi va ayrim boshqa hududlarda elektr ta’minotida uzilish kuzatildi.
Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bunga qo‘shni mamlakat energetika tizimida yuz bergan avariya sabab bo‘lgan. Mazkur nosozlik Markaziy Osiyo energetika tizimiga ta’sir ko‘rsatgan.
Hozirda mutaxassislar yuzaga kelgan nosozlik sabablarini aniqlash hamda uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Energetiklar tomonidan elektr ta’minoti hududlarda bosqichma-bosqich tiklanmoqda.
Vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.








