O'zbekiston

Damas’da 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi ushlandi

Haydovchi avval mast holda avtomobil boshqargani uchun sud qarori bilan haydovchilik huquqidan mahrum etilgani aniqlangan.

Damas’da 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi ushlandi

 

4-sentabr kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Ohangaron ko‘chasida YPX inspektori tomonidan to‘xtatilgan Damas avtomobilida belgilangan me’yordan ortiq yo‘lovchi tashilayotgani aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

 

Tekshiruv vaqtida avtomobil ichida 25 nafar bog‘cha bolasi bo‘lgani ma’lum bo‘lgan. Mazkur Damas esa atigi 7 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

 

Haydovchining hujjatlari tekshirilganda, unda transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjat mavjud emasligi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi avval mast holda transport vositasini boshqargani uchun sud qarori bilan haydovchilik huquqidan mahrum etilgan.

 

Haydovchi bolalarni xavf ostida qoldirgani uchun ularning ota-onalari va bog‘cha xodimlaridan uzr so‘ragan. U kelgusida tegishli hujjatlarni olib, qonun-qoidalarga rioya qilgan holda harakatlanishini bildirgan.

 

Transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Ayol yarim yildan buyon og'ir ahvolda ekani aytilmoqda. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.