Jahon

Hormuz bo‘g‘ozi blokadasi: 45 mln kishiga oziq-ovqat tanqisligi xavf solmoqda

BMTga ko‘ra, bo‘g‘oz orqali o‘g‘it tashuvchi kemalar qatnovi tiklanishi lozim.

Hormuz bo‘g‘ozi blokadasi: 45 mln kishiga oziq-ovqat tanqisligi xavf solmoqda

Rivojlanayotgan mamlakatlarda yashovchi qariyb 45 mln kishi Hormuz bo‘g‘ozining blokadaga olinishi sababli oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin. BMT bunday holat gumanitar inqirozga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

 

BMT Loyihalarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi direktori Jorji Moreyra da Silva gumanitar inqirozning oldini olish uchun Hormuz bo‘g‘ozi orqali har kuni kamida 5–7 ta o‘g‘it tashuvchi kema o‘tkazilishi kerakligini aytdi.

 

Uning ta’kidlashicha, o‘g‘it yetkazib berish rivojlanayotgan mamlakatlar uchun oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Aks holda, bu davlatlar gumanitar inqirozga duch kelishi mumkin.

 

Da Silva Yaqin Sharqdagi mojaro gumanitar yordam yetkazib berishni to‘xtatish uchun sabab bo‘lmasligi kerakligini bildirdi. U Eron va AQShni mojaro bo‘yicha kelishuvdan alohida ravishda o‘g‘it yetkazib berish muammosini imkon qadar tezroq hal qilishga chaqirdi.

custom img

Afinada bino portladi: olti kishi halok bo‘ldi

Portlash gaz infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

custom img

Hurmuz blokadasi tufayli 45 mln kishi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin — BMT

Hurmuz bo‘g‘ozidagi o‘g‘it yetkazib berishidagi uzilishlar global oziq-ovqat ta’minotiga xavf tug‘dirmoqda.

custom img

10 yillik qidiruv: AQSHda o‘zbekistonlik erkakning ishi sudda ko‘rilmoqda

U ISHID va “An-Nusra fronti”ga moddiy yordam ko‘rsatishga urinishda ayblanmoqda.

custom img

“Mojaroga aralashmaymiz”: Makron Saudiya Arabistoniga qo‘shin yuborilishini e’lon qildi

Emmanuel Makron harbiylar mudofaa vazifasini bajarishini va Parij mintaqadagi mojaroga aralashmasligini ta’kidladi.

custom img

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: ayrim amaldorlar ishdan olinishi mumkin

Sadir Japarov o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarini erkin, adolatli va shaffof tashkil etish bo‘yicha farmon imzoladi.

custom img

AQSh Ukrainaga 400 mln dollar harbiy yordam ajratadi — Reuters

Yordam doirasidagi yetkazib berishlar 2029-yil oktabrigacha davom etishi kutilmoqda.

custom img

“Keyingi pandemiya — “agar emas, qachon” masalasi” — Gebreyesus

JSST yangi pandemiya xavfi haqida ogohlantirdi.

custom img

AI milliardlab o‘limga sabab bo‘lishi mumkin — Bill Geyts

Microsoft asoschisi sun’iy intellekt xavflari haqida ogohlantirib, AI ustidan davlat nazorati kuchaytirilishi kerakligini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"