Jahon

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: ayrim amaldorlar ishdan olinishi mumkin

Sadir Japarov o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarini erkin, adolatli va shaffof tashkil etish bo‘yicha farmon imzoladi.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: ayrim amaldorlar ishdan olinishi mumkin

 

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 2027-yil 27-yanvarda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarini erkin, adolatli va shaffof tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

 

Hujjat davlat va munitsipal organlarning saylov jarayoniga noqonuniy aralashuvi hamda ma’muriy resurslardan ayrim nomzodlar manfaatlari yo‘lida foydalanishining oldini olishga qaratilgan.

 

Farmonga ko‘ra, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalari, tibbiyot va ijtimoiy soha xodimlari, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa davlat va munitsipal tashkilotlar xodimlarini nomzodlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan saylovoldi tashviqotiga jalb qilish taqiqlanadi.

 

Vazirlar Mahkamasiga saylovoldi tashviqotida noqonuniy ishtirok etgan yoki xizmat mavqeidan foydalanib nomzodlardan birining manfaatlarini ko‘zlagan mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish topshirildi. Zarur hollarda bunday rahbar va xodimlarni lavozimidan ozod etish chorasi ham ko‘riladi.

 

Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasiga saylov qonunchiligining bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash va fuqarolarni xabardor qilish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish tavsiya etilgan.

 

Farmonda Qirg‘iziston qonunchiligiga muvofiq xalqaro kuzatuvchilarning saylov jarayonidagi ishtirokini ta’minlash ham nazarda tutilgan.

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Ko‘rish masofasi ayrim joylarda atigi 10 metrgacha qisqarishi oqibatida Bolgariyada yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Zarba oqibatida bir nechta viloyatda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi, Vinnitsa viloyatida esa ikki kishi halok bo‘ldi.

Netanyaxu har kuni Trampni Eronga hujum qilishga chaqirmoqda — FT

Netanyaxu har kuni Trampni Eronga hujum qilishga chaqirmoqda — FT

Arab va musulmon davlatlari yetakchilari bundan xavotirda.

Turkiyadagi po‘lat zavodida portlash: 16 kishi halok bo'ldi

Turkiyadagi po‘lat zavodida portlash: 16 kishi halok bo'ldi

Hodisa yuzasidan tergov boshlanib, 5 kishi hibsga olingan.

Pokistonda to‘g‘on to‘sig‘i quladi: qurilish maydonini suv bosdi

Pokistonda to‘g‘on to‘sig‘i quladi: qurilish maydonini suv bosdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan va halok bo‘lmagan.

Yevropada elektr energiyasi narxi keskin oshdi: bir megavatt-soat 600 yevrodan qimmatlashdi

Yevropada elektr energiyasi narxi keskin oshdi: bir megavatt-soat 600 yevrodan qimmatlashdi

Yevropada shamolsiz va bulutli ob-havo sabab qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish kamaydi.

G‘azoda qum uyumi chodirlar ustiga quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

G‘azoda qum uyumi chodirlar ustiga quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Kuchli yomg‘ir oqibatida yuz bergan hodisa Dayr al-Balah shahri janubidagi ko‘chirilgan oilalar lagerida sodir bo‘lgan.

“Singapurni fabrikalarsiz qura olmayman. Men sehrgar emasman” — Sadir Japarov

“Singapurni fabrikalarsiz qura olmayman. Men sehrgar emasman” — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti neftni qayta ishlash zavodini yopish haqidagi murojaatga javob berdi.