O'zbekiston

Uchrashuvga kelgan yigit kaltaklandi: ikki kishiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoroda ota qizi bilan ko‘rishish uchun kelgan 17 yoshli bolani mashinada majburan olib ketib, kaltakladi.

Uchrashuvga kelgan yigit kaltaklandi: ikki kishiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim OAVlarda Buxoro viloyatida voyaga yetmagan bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan munosabat bildirdi.

 

Aniqlanishicha, 28-avgust kuni Buxoro viloyatida yashovchi E. R. qizi O. D. bilan ko‘rishish uchun kelgan, 2009-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan E. O. ni majburan avtomashinaga o‘tqazib, qarindoshi F. F. ning uyiga olib borgan. U yerda voyaga yetmagan yigit boshqa shaxslar bilan birga kaltaklangan.

 

Tergovga qadar tekshiruv doirasida tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasiga ko‘ra, E. O. ning tanasining turli sohalarida jarohatlar mavjudligi aniqlangan.

 

Holat yuzasidan 7-sentyabr kuni E. R. va F.F .ga nisbatan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi «a, v» bandlari hamda 105-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

 

Bolalar ombudsmani voyaga yetmagan jabrlanuvchining manfaatlari, sha’ni va qadr-qimmatini inobatga olib, ishga oid tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi.

 

Shuningdek, ombudsman bolaning protsessual huquqlari ta’minlanishi yuzasidan kuzatuvni davom ettirishini ma’lum qildi.

Jizzaxda 10 yoshli bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: holat yuzasidan tergov boshlandi

Jizzaxda 10 yoshli bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: holat yuzasidan tergov boshlandi

Holatga aloqadorlikda gumon qilingan shaxs protsessual harakatlardan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan.

4,25 mln dollarlik kelishuv: bank xodimi 100 ming dollar olayotganida qo‘lga tushdi

4,25 mln dollarlik kelishuv: bank xodimi 100 ming dollar olayotganida qo‘lga tushdi

U 16,05 gektar yer va hokimlik zaxirasidagi 4 gektar maydonni rasmiylashtirib berish evaziga pul talab qilgan.

Yo‘lovchilar xavfsizligi xavf ostida: avtobus haydovchisi jazolandi

Yo‘lovchilar xavfsizligi xavf ostida: avtobus haydovchisi jazolandi

Toshkentda haydovchi avtobusni eshiklari ochiq holda boshqardi.

“O‘zbekcha gapirishni so‘raganim uchun samolyotdan tushirishdi” — yo'lovchi murojaati

“O‘zbekcha gapirishni so‘raganim uchun samolyotdan tushirishdi” — yo'lovchi murojaati

Aviakompaniya Samara–Toshkent reysida yuz bergan mojaro yuzasidan rasmiy izoh berdi.

89 ta o‘lim: 2026-yilda moped va skuterlar ishtirokida 563 ta YTH qayd etildi

89 ta o‘lim: 2026-yilda moped va skuterlar ishtirokida 563 ta YTH qayd etildi

Qoidabuzarliklar soni bir yil ichida qariyb 20 barobarga oshgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.