O'zbekiston

Issiqlik elektr stansiyalarida 9 oyda 7 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida qariyb 28 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va tejaldi.

Issiqlik elektr stansiyalarida 9 oyda 7 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi

OAV uchun kontent tayyorlash markazida o‘tkazilgan brifingda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ishlab chiqarish bosh boshqarmasi boshlig‘i G‘olibjon Salimyorov energiya samaradorligini oshirish va muqobil energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Bugungi kunda jamiyat tizimida jami 15,9 megavatt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatilgan. 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida ular orqali 14,6 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 3,7 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi.

Energiya samaradorligini oshirish maqsadida 1 520 ta avtonom quyosh chirog‘i, 1 783 ta harakat datchigi va elektr dvigatellariga 181 ta chastota o‘zgartirgich o‘rnatildi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida qo‘shimcha 13,2 mln kVt·soat elektr energiyasi tejalib, yana 3,3 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilindi.

Shuningdek, tizimdagi korxonalarda har biri 200 litr sig‘imga ega 117 ta quyosh suv isitkichi o‘rnatildi. Umuman, yilning dastlabki to‘qqiz oyida qariyb 28 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va tejaldi, 7 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilindi. Natijada atmosferaga taxminan 9–11 ming tonna karbonat angidrid chiqarilishining oldi olindi.

Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va elektr stansiyalarining o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan energiya miqdorini kamaytirish ishlari izchil davom ettiriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning savdo bo‘yicha davlat vazirini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning savdo bo‘yicha davlat vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Toshkentda havo sifati bo‘yicha ogohlantirish berildi: o‘zgarish qachon kuzatiladi?

Toshkentda havo sifati bo‘yicha ogohlantirish berildi: o‘zgarish qachon kuzatiladi?

Poytaxtda tunda havo sifati vaqtincha yomonlashishi mumkin. Kunduzi esa vaziyat yaxshilanishi kutilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasidagi o‘zgarish, Erkinjon Turdimov Bosh vazir birinchi o‘rinbosari hamda ta’lim va fan vaziri bo‘ldi, ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi

Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Shuningdek, mintaqadagi keskinlik sababli parvozlar kechikishi yoki yo‘nalishi o‘zgarishi mumkin.

73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari 87,2 mlrd so‘m deb ko‘rsatilgan: byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari 87,2 mlrd so‘m deb ko‘rsatilgan: byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

Nurafshondagi qurilishda soxta maʼlumotlar aniqlangan.

Ortiqcha kredit to‘lovi asosiy qarzga yo‘naltirilmayapti: Raqobat qo‘mitasi banklar amaliyotiga eʼtiroz bildirdi

Ortiqcha kredit to‘lovi asosiy qarzga yo‘naltirilmayapti: Raqobat qo‘mitasi banklar amaliyotiga eʼtiroz bildirdi

Raqobat qo‘mitasi ushbu amaliyotni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Markaziy bankka taklif yubordi.

Google’dan talabalar uchun imkoniyat: 1 yillik AI obunasi bepul taqdim etiladi

Google’dan talabalar uchun imkoniyat: 1 yillik AI obunasi bepul taqdim etiladi

Google va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida O‘zbekistonlik talabalar uchun yangi imkoniyat yaratildi.

Sud raisi xonasidan pul topildi: xizmat tekshiruvi boshlandi

Sud raisi xonasidan pul topildi: xizmat tekshiruvi boshlandi

Hozircha sudyaning pul so‘ragani yoki olganini tasdiqlovchi dalil yo‘q.