Andijonda fuqaro MIB orqali uyidan ko‘chirildi
Ijro harakatlari qonun talablari asosida belgilangan tartib-taomillarga rioya etgan holda tashkil etildi.

Majburiy ijro byurosi Buloqboshi tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudining 22.06.2026 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdorni turar joydan ko‘chirish bilan bog‘liq ijro harakatlari amalga oshirildi.
Jarayon oddiy ko‘chirishdan iborat bo‘lmadi, har bir harakat qonun talablari asosida belgilangan tartib-taomillarga rioya etgan holda tashkil etildi. Davlat ijrochilari esa bunday jarayonlarda vazminlikni saqlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli holatlarni boshqarish va sud hujjati ijrosini taʼminlash alohida masʼuliyat yuklaydi.
Zero, ijro tizimi xodimlarining mehnati ko‘pincha ko‘zga ko‘rinmaydi. Ammo sud qarorining qog‘ozda qolmasligi, qonuniy talablarning amalda taʼminlanishi ortida aynan ularning mashaqqatli va masʼuliyatli xizmati turadi.







