O'zbekiston

To‘g‘nog‘ich, qum, chirigan olma... O‘quvchilarga berilgan yeguliklar ichidan “antiqa” narsalar chiqmoqda

Holat Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida sodir bo‘lgan.

To‘g‘nog‘ich, qum, chirigan olma... O‘quvchilarga berilgan yeguliklar ichidan “antiqa” narsalar chiqmoqda

 

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidagi 41-maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga berilgan shirinlikning ichidan qum chiqdi. Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘qituvchisi Bagdagul Bekbosinovaning murojaati tarqaldi. 

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga berilayotgan bepul yeguliklarning sifati judayam qoniqarsiz.

 

“Shu kungacha berilgan mahsulotlar bo‘yicha qator kamchiliklarni maktab rahbariyatiga aytib kelganman. Olmalari yuvilmagan, chirigan... Keks ichidan qizlar sochiga taqadigan “nevidimka”, un qopini tikadigan ip chiqqan kunlar ham bo‘lgan. Lekin 7 aprel 2023 yil 2-“b” sinf o‘quvchimning konfetidan qum aralash tuproq chiqdi. Qiz bechora yarmini yegan. Konfet o‘ralgan kog‘ozini ko‘zdan o‘tkazsam, ishlab chiqaruvchi haqida hech nima yozilmagan.

Bunday mahsulotlarni berib, bolalarning sog‘ligiga zarar yetkazib, berganidan bermagani yaxshi emasmi?

Kelajagimiz bo‘lgan bolalar sog‘ligi barcha uchun muhim.

Tegishli javobgar shaxslarni bunday sifatsiz mahsulotni olib kelib bolalarga tarqatgani uchun javob berishini so‘rab qolaman. Har bir o‘quvchi uchun kuniga necha so‘m sarflanadi? Berilayotgan mahsulotlar shu pulga arziydimi?” — deydi muallima 8 aprel kuni ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan murojaatida. 

 

Murojaatga chirigan olmaning rasmi, shuningdek, yeguliklar ichidan sochga taqiladigan to‘g‘nog‘ich va qum chiqqani aks etgan surat va videolar ilova qilingan.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi 10 aprel kuni voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

 

Unga ko‘ra, holat bo‘yicha Xo‘jayli tumani XTB tomonidan o‘rganish ishlari o‘tkazilgan. Bu tumandagi 41-maktabda 961 nafar o‘quvchi o‘qiydi, shundan 388 nafari – boshlang‘ich sinf o‘quvchilari. Ularga oziq-ovqat mahsulotlarini 2022 yil 10 oktyabrdan beri “Bekbergen Servis Orayi” MCHJ yetkazib bermoqda.

 

O‘rganishda aniqlanishicha, ushbu korxona tomonidan 2023 yil 7 aprel kuni 41-maktabdagi 388 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun tasdiqlangan taomnoma (menyu) asosida yong‘oqli keks, “STEL” shokoladi, olma, shirin choy yetkazib berilgan. Keltirilgan yeguliklar soat 9:45 da maxsus komissiyaning 5 nafar aʼzosi tomonidan qabul qilib olingan.

 

Rasmiy axborotga ko‘ra, shu kuni 2-“b” sinf o‘quvchilariga berilgan “STEL” shokoladidan qum chiqqan va sinf rahbari B.Bekbosinova holat bo‘yicha maktab rahbariyatiga video xabar orqali murojaat qilgan. Maktab rahbariyati bu haqda yetkazib beruvchi keytering korxonasiga maʼlumot bergan.

 

“Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tartibda chora-tadbirlar ishlab chiqilib, qo‘shimcha o‘rganish ishlari amalga oshirilishini, amalga oshirilgan ishlar natijasi haqida qo‘shimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilamiz”, — deyiladi QQR XTV bayonotida.

 

Taʼkidlanishicha, yuvilmagan olma bilan bog‘liq holat avvalroq, shu yilning 7 fevral kuni ro‘y bergan. Bu bo‘yicha keytering korxonasiga va maktabdagi qabul qilib oluvchi komissiya aʼzolariga XTB tomonidan ogohlantirish berilgan.

 

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Xo‘jayli tumani XTBga qarashli umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan 8670 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga 3 ta keytiring korxonasi tomonidan har kuni menyu asosida oziq-ovqat mahsulotlari berib kelinmoqda. Bular – “Tabbasum Nukus”, “Bekbergen Servis Orayi”, “Allianse Aral–s” korxonalaridir.

 

Rasmiy axborotda to‘g‘nag‘ich masalasiga izoh berilmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘istonda bu kabi noxush holatlar birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. Avval To‘rtko‘l, Beruniy, Kegeyli tumanlarida ham shunga o‘xshash holatlar aniqlangandi.

 

custom img

Oʻzbekistonda tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani endi onlayn olish mumkin

2023-yildan keyin tugʻilgan bolalar uchun tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnoma elektron shaklda taqdim etiladi.

custom img

Samarqanddagi Oqbo‘yra turizm qishlog‘ida portlash sodir bo‘ldi

15 aprel kuni kondagi portlatishlardan so‘ng aholi uylariga tosh bo‘laklari tushgan, uy devorlarida yoriqlar paydo bo‘lgan hamda bolalar va qariyalar sarosimada qolgan.

custom img

“Jo‘yzar” kanalining 22,5 kilometri betonlanadi — Saida Mirziyoyeva

Bu bilan yiliga 12 million kub metr suv isrof bo‘lishining oldi olinadi.

custom img

Toshkentda taqiqlangan joyda qoldirilgan avtomobillar jarima maydonchasiga olib ketiladi

Endilikda piyodalar yo‘laklari, bekatlar va to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlangan hududlarda qoldirilgan avtomobillar evakuatsiya qilinadi.

custom img

Samarqand 2026-yilda yirik ekologik forum va ko‘rgazmaga mezbonlik qiladi

Samarqandda o‘tkaziladigan “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘rgazmasi, GEF VIII Assambleyasi hamda “Green University” va “yashil” texnikumlar faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

custom img

1 iyundan "svet" va gaz narxi oshadi

200 kVt dan 500 kVt gacha elektr energiyasiga 900 so‘mdan to‘lanadi. Tabiiy gaz bo‘yicha barcha iste’molchilar uchun 1 kub metr gaz narxi 2 000 so‘m etib belgilandi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Buxorodagi bog‘cha va poliklinikalarni ko‘zdan kechirdi

Buxoroda o‘tgan asrda ochilgan bog‘cha qayta qurilib, ikki yil ichida 36 ta poliklinika rekonstruksiya qilinadi.

custom img

O‘qituvchilar farzandlari uchun kontraktning 30 foizi qoplab berilishi mumkin

Chegirma magistratura, sirtqi, kechki, masofaviy, qo‘shma dasturlar hamda super-kontrakt shakllariga tatbiq etilmaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"