Jahon

Eron ayrim Xitoy kemalariga Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishga ruxsat berdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, chorshanbadan buyon Hormuz bo‘g‘ozidan 30 ta kema o‘tgan.

Eron ayrim Xitoy kemalariga Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishga ruxsat berdi

Eron 28-fevraldan buyon kuchaytirilgan nazorat ostida bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozi orqali ayrim Xitoy kemalarining harakatlanishiga ruxsat berdi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, chorshanbadan boshlab bir qator Xitoy kemalari Eron tomonidan belgilangan nazorat protokollariga muvofiq bo‘g‘ozdan o‘tishni boshlagan.

 

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi dengiz floti vakiliga ko‘ra, shu vaqt davomida Hormuz bo‘g‘ozidan 30 ta kema o‘tgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Eron 28-fevraldan boshlab Isroil va AQSh bilan bog‘liq kemalarga nisbatan cheklovlarni kuchaytirgan edi. Tehron bu qarorni o‘z hududiga qilingan qo‘shma hujumlardan keyin qabul qilganini bildirgan.

 

Eron tashqi ishlar vaziri Sayid Abbos Aroqchi bo‘g‘oz barcha tijorat kemalari uchun ochiq ekanini, biroq kemalar Eron dengiz kuchlari bilan hamkorlik qilishi lozimligini ta’kidlagan.

 

Shuningdek, u Eron yuk tashishga to‘sqinlik qilmayotganini, aksincha mintaqadagi blokada AQSh tomonidan amalga oshirilayotganini qayd etgan. Vazir vaziyat diplomatik yo‘l bilan hal etilishiga umid bildirgan.

custom img

Shimoliy Koreya Rossiya-Ukraina urushidan qanday boyib ketdi?

Shimoliy Koreyaning Rossiyaga ko‘rsatgan urush yordami evaziga olgan daromadlari Kim Chen Inning hokimiyatini mustahkamladi va aholining tor bir qatlamining ham boyishiga imkon berdi.

custom img

G‘azoda qurolsizlanish va gumanitar masalalar bo‘yicha ikki ishchi guruh tuziladi

Qaror Netanyaxu va Tinchlik Kengashi vakillari ishtirokidagi muzokaralarda qabul qilindi.

custom img

Kobuldagi xususiy maktabda portlash sodir bo‘ldi, o‘quvchilar jarohatlandi

O‘quvchilar darslardan chiqqanidan keyin maktab hovlisiga granata otilgan

custom img

Qozog‘istonda 19 yoshli o‘zbekistonlik kelin vafot etdi

U o‘limidan oldin dugonasiga eri shirinlik tufayli uni urganini aytgan.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"