O'zbekiston

O‘qituvchilar farzandlari uchun kontraktning 30 foizi qoplab berilishi mumkin

Chegirma magistratura, sirtqi, kechki, masofaviy, qo‘shma dasturlar hamda super-kontrakt shakllariga tatbiq etilmaydi.

O‘qituvchilar farzandlari uchun kontraktning 30 foizi qoplab berilishi mumkin

O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan pedagoglar farzandlariga kontrakt to‘lovining 30 foizigacha chegirma berilishi mumkin. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

 

Loyihaga ko‘ra, 2026/27-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlariga o‘qishga kirgan va tahsil olayotgan pedagoglar farzandlari uchun yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi.

 

Chegirma faqat bir o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llanadi. Masalan, agar yillik kontrakt summasi 15 mln so‘m bo‘lsa, talabaga 4,5 mln so‘m chegirma beriladi va to‘lov 10,5 mln so‘mni tashkil etadi.

 

Talaba o‘zi tahsil olayotgan OTM rektori nomiga “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi” — kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuboradi. 

 

Pedagog maqomi “Elektron hukumat” tizimi orqali avtomatik tekshiriladi. Agar noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etilgani aniqlansa, qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.

 

Qaror loyihasida chegirma magistratura, sirtqi, kechki, masofaviy, qo‘shma dasturlar hamda super-kontrakt shakllariga tatbiq etilmasligi belgilangan.

 

Shuningdek, talabgorning ota-onasi pedagog toifasidan chiqarilsa, keyingi o‘quv yilidan boshlab chegirma bekor qilinadi.

 

Mazkur tashabbusni moliyalashtirish 2026-yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 2027-yildan boshlab esa xarajatlar davlat byudjeti parametrlarida alohida nazarda tutiladi.

 

Hujjat loyihasini ishlab chiqishda Avstriya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Kanada va Fransiya kabi davlatlarning oliy ta’lim tizimidagi tajribalar o‘rganilgani qayd etilgan.

 

Qaror loyihasi muhokamasi 29-mayga qadar davom etadi.

 

Avvalroq O‘zbekistonda yuqori malaka toifasiga ega pedagoglarga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya ajratish yo‘lga qo‘yilgani, shuningdek, attestatsiya to‘lovlari 50 foizga kamaytirilgani ma’lum qilingan edi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"