O'zbekiston

Samarqanddagi Oqbo‘yra turizm qishlog‘ida portlash sodir bo‘ldi

15 aprel kuni kondagi portlatishlardan so‘ng aholi uylariga tosh bo‘laklari tushgan, uy devorlarida yoriqlar paydo bo‘lgan hamda bolalar va qariyalar sarosimada qolgan.

Samarqanddagi Oqbo‘yra turizm qishlog‘ida portlash sodir bo‘ldi

Samarqand tumanidagi Oqbo‘yra turizm qishlog‘ida joylashgan “Mironqul-III” konida amalga oshirilgan portlatish ishlari oqibatida tosh parchalari 357 metrgacha uchib borgani aniqlandi. Bu esa belgilangan 300 metrlik xavfsizlik me’yoridan ortiq hisoblanadi. Bu haqda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy izohiga tayanib, Kun.uz xabar berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, 15 aprel kuni hududdagi portlatishlardan so‘ng aholi uylariga tosh bo‘laklari tushgan, uy devorlarida yoriqlar paydo bo‘lgan hamda bolalar va qariyalar sarosimaga tushgan.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, “Mironqul-III” koni “Agro Technology Group” MChJga Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 iyuldagi 546-sonli qarori asosida ajratilgan. Keyinchalik 2021–2022 yillarda barcha zarur xulosalar va ruxsatnomalar rasmiylashtirilgan.

 

Qayd etilishicha, SM №0107 F5-sonli ruxsatnoma 2022 yil 29 dekabr kuni qayta rasmiylashtirilgan bo‘lib, unga ko‘ra korxona 2042 yil 3 iyungacha yer qa’ridan foydalanish huquqini olgan.

 

Kondagi portlatish ishlari “Agro Technology Group” MChJ va “Hisor Tog” MChJ o‘rtasidagi pudrat shartnomasi asosida amalga oshirilgan. Portlatishni bajaruvchi tashkilot inspeksiya tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomaga ega ekani ta’kidlandi.

 

Rasmiy hujjatlarga ko‘ra, davlat ekologik ekspertizasi xulosasi asosida aholi yashash punktigacha bo‘lgan eng kam xavfsiz masofa 300 metr etib belgilangan. 

 

Vazirlikning o‘rganishlariga ko‘ra, umumiy hisobda kon bilan aholi yashash hududi o‘rtasidagi masofa 450–500 metrni tashkil etgan va bu me’yorlarga mos deb baholangan.

 

Biroq portlash oqibatida zarar yetgan ayrim hovlilar 357 metr masofada joylashgani aniqlangan. 

 

Vazirlik 2026 yil 15 aprel kungi portlatishda tog‘ jinslarining belgilangan trayektoriyadan chiqib ketishi “texnologik reglamentdan chetlanish” sifatida baholanganini bildirdi.

 

Rasmiy izohda qayd etilishicha, portlatish ishlari yo‘naltirilgan tarzda amalga oshirilgan bo‘lsa-da, kon-geologik sharoitlar hamda portlash energiyasining noto‘g‘ri taqsimlanishi sabab ayrim tosh parchalari belgilangan hududdan tashqariga uchib ketgan.

 

“Bu holat portlatish texnologiyasini yanada takomillashtirish va xavfsizlik choralarini qayta ko‘rib chiqish zarurligini tasdiqlaydi”, — deyiladi vazirlik munosabatida.

 

Shuningdek, yetkazilgan moddiy zarar korxona tomonidan qoplab berilgani ma’lum qilindi.

 

Vazirlik kelgusida portlatish hajmini 10 tonnadan 5 tonnagacha kamaytirish, portlovchi moddalar miqdorini minimal darajaga tushirish hamda kon massasini yumshatishning muqobil va xavfsizroq usullarini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilganini bildirdi.

 

Bundan tashqari, aholini oldindan ogohlantirish uchun sirena tizimini joriy etish, turar joylardagi yoriqlar bilan portlatish ishlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash maqsadida Seysmologiya instituti xulosasini olish rejalashtirilgan.

 

Vazirlikka ko‘ra, holat yuzasidan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Takroriy qoidabuzarliklar aniqlansa, yer qa’ridan foydalanish litsenziyasini to‘xtatishgacha bo‘lgan choralar ko‘rilishi mumkin.

custom img

Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududlarni almashish bo‘yicha keyingi qadamlarni kelishib oldi

Hududlarni almashish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzdi. Guruh aholi fuqaroligi, ko‘chirish, mulkiy huquqlar, yerdan foydalanish va ijtimoiy himoya masalalarini hal qiladi.

custom img

Xorazm viloyatida 176 million dollarlik 12 ta loyiha ishga tushirildi

Yangi loyihalarni ishga tushirish marosimi Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

custom img

Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochildi

Majmuani qurish va jihozlash uchun davlat budjetidan 140 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu yerda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga majburan tayinlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Sudyalar oliy kengashi uning tayinlovi YTH bilan bog‘liq ekani haqidagi taxminlarni asossiz deb atadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"