O'zbekiston

Samarqand 2026-yilda yirik ekologik forum va ko‘rgazmaga mezbonlik qiladi

Samarqandda o‘tkaziladigan “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘rgazmasi, GEF VIII Assambleyasi hamda “Green University” va “yashil” texnikumlar faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Samarqand 2026-yilda yirik ekologik forum va ko‘rgazmaga mezbonlik qiladi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (“Green University”) Samarqandda o‘tkaziladigan “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ekologik ko‘rgazmasi, Global ekologik jamg‘arma (GEF) VIII Assambleyasi, “Green University” va “yashil” texnikumlar faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

 

Unda Ekologiya vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov, Ekologiya qo‘mitasining Xalqaro hamkorlik, grantlar va reytinglar boshqarmasi Ekologik diplomatiya bo‘limi boshlig‘i Javohir Abduxoliqov, Ekologiya qo‘mitasi O‘rmon, bioxilmaxillik va cho‘llanishga qarshi kurashish siyosati departamenti rahbari Bahrom Xolxo‘jayev, “Green University” rektori, professor Baxtiyor Pulatov, qo‘mita va tizim tashkilotlari, hududiy bosh boshqarmalar xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

 

Tadbirda nutq so‘zlagan Jusipbek Kazbekov O‘zbekiston yana bir bor muhim xalqaro ekologik tadbirlarga mezbonlik qilayotganligi, bu tadbirlarda atrof-muhitni muhofaza qilishga doir dolzarb masalalarga e’tibor qaratilishi, xususan, iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga bardoshlilikni oshirish, bioxilma-xillikni saqlash, yer degradatsiyasi va cho‘llanishga qarshi kurash, suv resurslarini boshqarish hamda atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish kabi masalalar muhokama qilinishini ta’kidladi. J. Kazbekov, shuningdek, Markaziy Osiyoda ekologiya sohasida yagona bo‘lgan “Green University” hamda universitet negizida tashkil etiladigan “yashil” texnikumlarga alohida to‘xtaldi. U mazkur texnikumlarda sohada chuqur bilimga ega bo‘lgan mutaxassislar, malakali kadrlar tayyorlanishi, bu esa nafaqat O‘zbekiston, balki mintaqada ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutishini qayd etdi.

 

 

Ekologik diplomatiya bo‘limi boshlig‘i Javohir Abduxoliqov esa GEFning VIII Assambleyasi haqida fikr bildirdi. U Assambleya yuqori darajadagi plenarlar, vazirlar darajasidagi davra suhbatlari, fuqarolik jamiyati forumlari, loyihalar taqdimotlari, GEF Kengashi yig‘ilishlari va moliyaviy tashabbuslarni qamrab olishini ta’kidladi. Shuningdek, Assambleya natijasida “yashil” loyihalarga grantlar va investitsiyalar jalb qilinishi, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik kengaytirilishi, iqlim o‘zgarishiga moslashish loyihalari qo‘llab-quvvatlanishi, Orolbo‘yi ekotizimlarini tiklash dasturlari ilgari surilishi, bioxilma-xillikni asrash loyihalari qo‘llab-quvvatlanishi va qayta tiklanuvchi energiya va barqaror qishloq xo‘jaligi rivojlantirilishi, qo‘shma transchegaraviy tashabbuslar ishga tushirilishini aytib o‘tdi. Bu xalqaro tadbir xorijiy delegatsiyalar va ekspertlar oqimi ortishiga, biznes turizmi rivojlanishiga va xizmat ko‘rsatish hamda logistika sohasida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga hissa qo‘shadi.

 

Ekologiya qo‘mitasi O‘rmon, bioxilmaxillik va cho‘llanishga qarshi kurashish siyosati departamenti rahbari Bahrom Xolxo‘jayev “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ekologik ko‘rgazmasiga alohida to‘xtaldi. Mazkur tadbir dunyoning 100 dan ortiq mamlakati vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, investorlar, ekologik mahsulot ishlab chiqaruvchilar, ekoinnovatorlar, shuningdek, davlat organlari va ekspert hamjamiyati vakillarini bir maydonda jamlashi, ko‘rgazmada ekologik mahsulot va xizmatlarga bag‘ishlangan 68 dan ortiq pavilyon tashkil etilishini aytib ko‘tdi.

 

 

Xususan, ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda “Business Congress Management” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilib, Global yashil o‘sish instituti (GGGI), Osiyo taraqqiyot banki (ADB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) kabi yetakchi xalqaro tashkilotlar ishtirok etadi. Shuningdek, yirik xorijiy kompaniyalar — Vision Invest (Saudiya Arabistoni), SUEZ (Fransiya), Cevia Environment (Xitoy Xalq Respublikasi), KOMOTO (Yaponiya), EPSOY (Finlandiya), Siberian Wellness (Rossiya), Bell energy (BAA), Oizom Instruments (Hindiston) o‘z korporativ pavilyonlarini namoyish etadi. Bundan tashqari, mamlakatimizning yetakchi korxonalari — Navoiy va Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati, AKFA, Jizzax Akkumulyator Zavodi, O‘zkimyosanoat AJ ham ishtirok etadi.

 

 

Bundan tashqari, ko‘rgazmada mamlakatning barcha viloyat va tumanlari iqlim o‘zgarishiga moslashish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan aniq loyiha takliflarini tayyorlagan, ushbu tashabbuslar xalqaro donorlar va investorlar e’tiboriga havola etiladi. Shuningdek, ko‘rgazma doirasida “yashil” energetika, chiqindilarni qayta ishlash, suv resurslarini boshqarish, iqlimga moslashuv va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan 50 dan ortiq sayd-iventlar, tematik forumlar, taqdimotlar va muloqot maydonchalari tashkil etiladi.

 

Matbuot anjumanida nutq so‘zlagan “Green University” rektori Baxtiyor Pulatov universitet hamda uning negizida respublikaning har bir hududida tashkil etiladigan "yashil" texnikumlar faoliyatiga e’tibor qaratdi. Universitet ta’lim sifati Yevropa standartlariga (ESG) mos bo‘lib, global miqyosda raqobatbardosh va ijtimoiy mas’uliyatli ekolog mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Hozirda barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot, ekologik huquq, sirkulyar iqtisodiyot, barqaror moliya, ekologik fanlar va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi yo‘nalishlarda bakalavriat va magistratura dasturlari yo‘lga qo‘yilgan.

 

 

Ma’lumot uchun, “Green University” tarkibida 4 ta ilmiy-tadqiqot instituti, 6 ta ilmiy va innovatsion markaz, 6 ta zamonaviy laboratoriya hamda respublika bo‘ylab faoliyat ko‘rsatayotgan 14 ta texnikum mavjud. Shu bilan birga, universitet tizimida raqamli ta’lim, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va ekologik innovatsiyalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi qator maxsus tuzilmalar samarali faoliyat olib bormoqda. Kelgusida universitet tizimi doirasida yashil texnikumlar huzurida 14 ta dendropark va tashkil etiladigan 14 ta botanika bog‘ini barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur loyihalar ekologik ta’lim, bioxilma-xillikni asrash va “yashil hududlar”ni kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, “yashil” texnikumlar hududidagi dendrologiya va botanika bog‘lari atrofini “yashil belbog‘” bilan o‘rash ham rejalashtirilgan bo‘lib, bu tashabbus atrof-muhit muhofazasini kuchaytirish va ekotizim barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Universitetning asosiy maqsadi — zamonaviy bilim va xalqaro standartlarga ega bo‘lgan, ekologik mas’uliyatni chuqur anglaydigan, “Hub and Spoke” tamoyili asosida ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashdir.

 

 

Bugungi kunda “Green University” tarkibida bir qator ilmiy-tadqiqot va innovatsion tuzilmalar samarali faoliyat yuritmoqda. Xususan, gidrometeorologiya va o‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishlaridagi ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari, atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” texnologiyalar bo‘yicha ilmiy markazlar, Orolbo‘yi hududining ekologik tiklanishiga qaratilgan xalqaro innovatsiya markazi, ekologiya va atrof-muhit sohasidagi mintaqaviy qo‘shma tadqiqot markazi, shuningdek, ekologik texnologiyalar va iqlimga moslashuv bo‘yicha ilmiy-amaliy platformalar faoliyat yuritmoqda.

 

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi 110-son qaroriga muvofiq, “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida “Green University” huzurida 14 ta “yashil” texnikum tashkil etiladi. Mazkur qaror asosida uzluksiz ta’lim tizimini ta’minlovchi integratsiyalashgan model joriy etilgan bo‘lib, unga ko‘ra universitetda o‘qitiladigan maxsus fanlar “yashil” texnikumlarning ikkinchi bosqich o‘quv dasturlariga kiritiladi. Ushbu texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan, kamida B2 darajadagi ingliz tilini biladigan bitiruvchilar o‘z akademik ko‘rsatkichlari (GPA) asosida Green University bakalavriat dasturlarining ikkinchi bosqichidan o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

B.Pulatov respublikaning barcha hududlarida tashkil etiladigan “yashil” texnikumlar har bir hududda o‘sha hudud iqlimi, ekologiyasini yaxshi biladigan, sohaga ixtisoslashgan mutaxassislar yetishib chiqishini ta’minlashini qayd etdi.

 

Matbuot anjumani davomida mutaxassislar ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berdi.

 

 

custom img

Toshkentda taqiqlangan joyda qoldirilgan avtomobillar jarima maydonchasiga olib ketiladi

Endilikda piyodalar yo‘laklari, bekatlar va to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlangan hududlarda qoldirilgan avtomobillar evakuatsiya qilinadi.

custom img

1 iyundan "svet" va gaz narxi oshadi

200 kVt dan 500 kVt gacha elektr energiyasiga 900 so‘mdan to‘lanadi. Tabiiy gaz bo‘yicha barcha iste’molchilar uchun 1 kub metr gaz narxi 2 000 so‘m etib belgilandi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Buxorodagi bog‘cha va poliklinikalarni ko‘zdan kechirdi

Buxoroda o‘tgan asrda ochilgan bog‘cha qayta qurilib, ikki yil ichida 36 ta poliklinika rekonstruksiya qilinadi.

custom img

O‘qituvchilar farzandlari uchun kontraktning 30 foizi qoplab berilishi mumkin

Chegirma magistratura, sirtqi, kechki, masofaviy, qo‘shma dasturlar hamda super-kontrakt shakllariga tatbiq etilmaydi.

custom img

Farg‘onada tog‘a va jiyan narkosavdogarlar qo‘lga olindi

Tezkor tadbirda jami 5 kg gashish olingan bo‘lib, mazkur moddalar qo‘shni davlatdan olib kirilgan.

custom img

Farg‘onada “Sog‘liq uchun 5 ming qadam” marafoni o‘tkazildi

Vazirlik tizimi vakillari 6 ta sport turi bo‘yicha bellashdilar.

custom img

Respublika bo‘ylab 12 kunda bolalarni me'yordan ortiq tashish bilan bog‘liq 170 ta holat aniqlandi

Tekshiruvlarda 3872 nafar bola sig‘imidan ortiq transportlarda olib ketilgani ma’lum bo‘ldi.

custom img

Hududlarda 168 ming gektar sanoatlashgan bogʻ va tokzorlar barpo etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda intensiv sanoatlashgan bogʻlarni koʻpaytirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"