O'zbekiston

Namanganda “Open budjet” uchun o‘qituvchilardan pul yig‘ildi

Hozirda holatni prokuratura o‘rganmoqda.

Namanganda “Open budjet” uchun o‘qituvchilardan pul yig‘ildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani 12-umumtaʼlim maktabida “Tashabbusli byudjet” uchun o‘qituvchilardan 500 ming so‘mdan pul talab qilinganligi aks etgan audioxabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, taʼlim maskanidagi 27 nafar o‘qituvchilardan yozma tarzda so‘rovnoma o‘tkazilgan. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra 11 nafar pedagog haqiqatda ham majburan pul talab etilganini, 16 nafari  esa o‘z xohishlariga ko‘ra tashabbus ko‘rsatishganini bildirgan. Ayni paytda ushbu vaziyat bo‘yicha tuman hokimligi, viloyat hamda tuman  bandlikka ko‘maklashish markazi va tuman prokuraturasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.  

 

“O‘rganish yakuni yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi maʼlum qilinadi”, — deyiladi xabarda.

custom img

1 yilgacha qamoq va 82 milliongacha jarima: O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazolar kuchaytiriladi

Ekologik partiya hayvonlarni himoya qilishga qaratilgan yangi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda.

custom img

Toshkentda “Qora libosli ayol tashrifi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi

Tadbir doirasida adabiy chiqishlar, sahna ko‘rinishi va kitob imzolash marosimi tashkil etildi.

custom img

“Tokioga yo‘l”: Chempion ruhi va milliy g‘urur aks etgan film

O‘zbekiston va Yaponiya kino ijodkorlari hamkorligida suratga olingan “Tokioga yo‘l” badiiy filmi milliy kino olamida muhim voqea sifatida namoyon bo‘ldi. Film boks bo‘yicha Olimpiada chempioni Bahodir Jalolovning hayoti, uning mashaqqatli yo‘li va katta g‘alabalari asosida yaratilgan.

custom img

Prezident bir guruh geologlarni mukofotladi

Geologlar “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvoni, “Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik” ordenlari hamda “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

custom img

O‘zbekistonda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manba asosida tekshiriladi.

custom img

“Qamchiq” dovonida avtomobil xandaqqa tushib ketdi

Qutqaruvchilar avtomobilni xavfsiz hududga olib chiqdi.

custom img

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Mazkur “Media haftalik” OAV uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan tashkil etilgan.

custom img

Toshkentda harbiy parad sabab ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan harbiy parad o‘tkaziladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"