O'zbekiston

Avia va temir yo‘l chiptalari xaridida tanish-bilishchilik bormi?

Sohadagi kamchilik va yutuqlar haqidagi raqamlar ochiqlandi.

Avia va temir yo‘l chiptalari xaridida tanish-bilishchilik bormi?

 

2023 yilda mamlakatimizdagi 11 ta xalqaro aeroport va uchish-qo‘nish maydonchalari orqali 85 ming 702 ta aviaqatnov amalga oshirilib, 10 mln. 409 ming yo‘lovchiga, 70,870 ming tonna yuk va pochtaga xizmat ko‘rsatilgan. Aviakompaniyalar soni 9 tadan 15 taga yetkazilgan. Shuningdek, milliy aviaparkimizga xorijdan 28 ta havo kemasi olib kelinib, ularning umumiy soni 75 taga yetgan. O‘zbekistonning aviatashuvlar bozorida faoliyat yuritayotgan xorijiy aviakompaniyalar soni 40 taga yetkazilgan. Parvozlar geografiyasini kengaytirish maqsadida rezident va xorijiy aviakompaniyalar tomonidan 20 ta yangi xalqaro yo‘nalishda qatnovlar yo‘lga qo‘yilgan.

 

Bundan tashqari, 2023 yilda temir yo‘l transportida mahalliy yo‘lovchilarni tashish yo‘nalishlari 6 taga oshirilib, 29 taga yetkazilgan. Mazkur yo‘nalishlarda 44 ta yo‘lovchi poyezd harakatlangan bo‘lib, shulardan 6 tasi yuqori tezlikda harakatlanuvchi, 6 tasi tezyurar, 16 tasi yo‘lovchi poyezdlari hamda 18 tasi shahar atrofida harakatlanuvchi elektropoyezdlardir. 

 

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob elektropoyezdlari “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida har kuni 3 ta, “Toshkent –Qarshi – Toshkent” yo‘nalishida haftasiga 10 ta, “Toshkent – Samarqand – Toshkent” yo‘nalishida har kuni 1 ta, “Toshkent – Shahrisabz –Toshkent” yo‘nalishida haftasiga 1 ta elektropoyezdlar o‘z tashuvlarni amalga oshirmoqda. Ushbu elektropoyezdning yo‘lovchi sig‘imi 286 o‘rinli bo‘lib, kuniga o‘rtacha 2,9 mingtadan 3,5 mingtagacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. 

 

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan Transport vazirligining “Avia va temir yo‘l transportlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshituvida aytib o‘tildi. 

 

Eshituvda deputatlar mazkur sohada ayrim kamchiliklar mavjudligini qayd etdi. Xususan, avia va temiryo‘l transporti uchun chipta xarid qilish jarayonida inson omili hanuz yuqori ekanligikorrupsion va tanish-bilishchilik holatlarining borligi, vagonda birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsata oluvchi mutaxassislar yo‘qligi, shahar atrofi hududlarga harakatlanuvchi zamonaviy tezyurar elektropoyezdlari qatnovi hanuzgacha yetarli darajada tashkil etilmaganligi tanqid qilindi. 

 

Bundan tashqari, charter va muntazam parvozlarni amalga oshirish hamda xorijiy aviatashuvchilarni O‘zbekiston aviatashuvlar bozoriga jalb etish bo‘yicha mezonlarning mukammal emasligi, fuqaro aviatsiyasi sohasini raqamlashtirish va o‘zaro integratsiyalashda mezonlarning belgilanmagani bo‘yicha eʼtirozlar bildirildi. 

 

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan eshituvda xalq vakillari avia va temir yo‘l transportlariga bo‘lgan talab kundan-kunga oshib borayotganini qayd etib, avia va temir yo‘l tizimida tashuvchilarning qonunchilikda majburiyatlari va javobgarligini aniq belgilash, sohaga xususiy sektor va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish bo‘yicha mutasaddilarga bir qator takliflarni berdilar. 

custom img

Bolalar ombudsmani faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilmoqda

Bola huquqlari bo‘yicha vakili huquqiy maqomi va vakolatlari ta’sirchanligi kuchaytirilmoqda.

custom img

O‘zbekistonda dollar kursi tushdi

Yevro va Xitoy yuani ham pasaydi, rubl esa oshdi.

custom img

O‘zbekistonda Workmall xorijga ishga yuborish agentligining litsenziyasi bekor qilindi

custom img

Toshkent bozorlarida bo‘yalgan pomidorlar sotilayotgani rad etildi

Sanepidqo‘m xodimlari tomonidan poytaxtdagi barcha oziq-ovqat bozorlari o‘rganildi.

custom img

Ziroat Mirziyoyeva an’anaviy “Inson uchun” festivaliga tashrif buyurdi

Tashrif davomida O'zbekiston Birinchi xonimi ijtimoiy loyihalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tanishdi.

custom img

Soliq qo‘mitasi kartadan-kartaga o‘tkazmalarni tekshirishni boshladi

Qo‘mita bu jarayon iqtisodiy adolatni ta’minlash, yashirin aylanmalarni qisqartirishga qaratilganini bildirdi.

custom img

Qashqadaryoda ekologiyaga zarar yetkazgan korxonaga qariyb 11 milliard so‘m kompensatsiya belgilandi

Zavod hududida qurilish va boshqa turdagi chiqindilar noqonuniy joylashtirilgani, neft mahsulotlari aralashgan oqova suvlar ochiq maydonlarga tashlab yuborilgani aniqlandi.

custom img

Toshkentda ota farzandi uchun 121 mln so‘m aliment oldindan to‘ladi

Erkak shu tariqa farzandi 18 yoshga to‘lguncha bo‘lgan aliment to‘lovlarini amalga oshirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"