Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi o'rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda reproduktiv salomatlik, gender tenglik va demografik barqarorlik sohalaridagi loyihalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi o'rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keytani qabul qildi.



Uchrashuv avvalida mehmon davlat rahbariga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning samimiy salomlari va ezgu tilaklarini yetkazdi.



Suhbat davomida O‘zbekiston va UNFPA o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.



Keyingi yillarda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlandi. Xususan, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, gender tenglikni ta’minlash, demografik barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Jamg‘arma mamlakat tarixidagi birinchi aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida ham faol ishtirok etdi.



Shuningdek, ona va bola salomatligini yaxshilash, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish borasida erishilgan natijalar alohida qayd etildi.



Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish hamda O‘zbekistonda va xalqaro maydonda yuqori darajadagi tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.