O'zbekiston

Qashqadaryoda ekologiyaga zarar yetkazgan korxonaga qariyb 11 milliard so‘m kompensatsiya belgilandi

Zavod hududida qurilish va boshqa turdagi chiqindilar noqonuniy joylashtirilgani, neft mahsulotlari aralashgan oqova suvlar ochiq maydonlarga tashlab yuborilgani aniqlandi.

Qashqadaryoda ekologiyaga zarar yetkazgan korxonaga qariyb 11 milliard so‘m kompensatsiya belgilandi

Qashqadaryodagi Muborak gazni qayta ishlash zavodiga ekologik qonunbuzarliklar sabab qariyb 11 milliard so‘m qo‘shimcha kompensatsiya belgilandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, zavod hududida qurilish va boshqa turdagi chiqindilar noqonuniy joylashtirilgan. Bu esa atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatib, chiqindilardan hosil bo‘layotgan chang zarralari atmosfera havosining ifloslanishiga sabab bo‘layotgani qayd etilgan.

 

Shuningdek, zararli gazlarni yoqish jarayonida atmosfera havosiga oltingugurt, uglerod va azot oksidlari belgilangan me’yorlardan ortiq miqdorda chiqarilgani aniqlangan.

 

Ishlab chiqarish jarayonida gazni tozalashdan hosil bo‘lgan oqova suvlar neft mahsulotlari aralashgan holda ochiq maydonlarga tashlanayotganligi ma’lum bo‘ldi.

 

Holat yuzasidan korxonaga 10 milliard 834 million so‘m miqdorida qo‘shimcha kompensatsiya belgilandi hamda bajarilishi majburiy bo‘lgan 7 banddan iborat ko‘rsatma berildi. To‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan.

 

Avvalroq Surxondaryoning Boysun tumanida 23-aprel kuni daryoga neft aralash suyuqlik oqib ketgani haqida xabar berilgandi. Hodisa Surxan Gas Chemical Operating Company MChJ qo‘shma korxonasiga qarashli quduqda yuz bergani aniqlangan. 2-may kuni kuchli sel sabab xandaq buzilishi oqibatida yana neft aralash suyuqlik sizib chiqdi.

 

Holat yuzasidan atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash, sabab va omillarni o‘rganish hamda mas’ul subyekt, jumladan Surxan Gas Chemical Operating Company faoliyatiga huquqiy baho berish bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingandi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.