Jahon

Rossiyada o‘zbekistonlik va bangladeshlik migrantlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

Mojaroda 60 ga yaqin ishchi qatnashgan, 20 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Rossiyada o‘zbekistonlik va bangladeshlik migrantlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

 

Rossiyaning Leningrad viloyatida joylashgan Sinyavinskaya parrandachilik fermasida O‘zbekiston va Bangladesh fuqarolari o‘rtasida ommaviy mojaro yuz berdi. Bu haqda Gazeta.ru nashri xabar berdi.



Mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, hodisa Kirov tumani hududidagi Priladojskiy qishlog‘ida joylashgan korxonada sodir bo‘lgan. Dastlab ishchilar o‘rtasida og‘zaki tortishuv kelib chiqqan, keyinchalik esa mojaro ommaviy mushtlashuvga aylangan.



Ma’lumotlarga ko‘ra, janjalda qariyb 60 nafar migrant ishtirok etgan. Hodisa joyiga politsiya, Rosgvardiya va tez tibbiy yordam brigadalari jalb qilingan.



Mushtlashuv oqibatida 20 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan yetti nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.



Rossiya Ichki ishlar vazirligi hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari olib borayotganini ma’lum qildi. Hozirda 21 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar xorijlik bilan tergov harakatlari olib borilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aynan ular janjalning eng faol ishtirokchilari bo‘lgan.



Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro Bangladesh fuqarosi Markaziy Osiyodan bo‘lgan hamkasbini o‘pganidan keyin boshlangan. Bu holatni o‘zbekistonlik ishchining otasi ko‘rib qolgan va shundan so‘ng ziddiyat kuchaygan. Ish smenasidan keyin kelishmovchilik parrandachilik fabrikasi hududidagi yotoqxonada davom etgan.

 

Shuningdek, hodisa davomida tayoq, tosh va boshqa qo‘lbola buyumlardan foydalanilgani qayd etilgan.



Ayni paytda hodisaning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda. Hozircha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.