O'zbekiston

O‘zbekistonda Workmall xorijga ishga yuborish agentligining litsenziyasi bekor qilindi

O‘zbekistonda Workmall xorijga ishga yuborish agentligining litsenziyasi bekor qilindi

 

Fuqarolardan agentlik faoliyati bilan bog‘liq murojaat yoki shikoyatlarni 2026-yilning 30-mayiga qadar taqdim etish so‘raldi.

Workmall xususiy bandlik agentligining faoliyati tugatildi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, agentlikka fuqarolarni xorijga ishga joylashtirish uchun 2024-yil 1-yanvarda berilgan 215300-sonli litsenziya kompaniyaning 2026-yil 10-maydagi arizasiga asosan bekor qilingan.

“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, endilikda ushbu MCHJga fuqarolarni chet davlatlarga ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish taqiqlanadi.

Migratsiya agentligi fuqarolardan “Workmall xususiy bandlik agentligi” faoliyati bilan bog‘liq murojaat yoki shikoyatlar mavjud bo‘lsa, ularni joriy yilning 30-mayiga qadar taqdim etishni so‘radi.

Murojaatlar uchun 71 202 33 55 telefon raqami hamda 171 va 711 qisqa raqamlari orqali bog‘lanish mumkinligi bildirildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.