O'zbekiston

Antikorrupsiya agentligi 2023-yilda kimlardan va qanday sovg‘alar oldi?

Agentlik o‘tgan yildagi Sovg‘alar reyestrini eʼlon qildi.

Antikorrupsiya agentligi 2023-yilda kimlardan va qanday sovg‘alar oldi?

 

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2023 yilda xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan xodimlari qanday sovg‘alar qabul qilgani haqida maʼlumot berdi. Bu agentlik saytida eʼlon qilingan Sovg‘alar reyestrida ko‘rsatib o‘tilgan.

 

Unga ko‘ra, 1 yil ichida 33 mln 736 ming so‘mlik 26 ta sovg‘a agentlikka hadya qilingan. Ularni tashkilot direktori Akmal Burxonov, rahbar o‘rinbosarlari Umida Tuxtasheva, Umed Mavlyanov va boshqa xodimlar qabul qilgan.

 

Hadyalarning aksariyati ramziy suvenir va devorga osiladigan buyumlardir. Ularing ichidan qiymati yuqori bo‘lgan sovg‘alar Qatar rasmiylari tomonidan berilgan. Xususan, 4 mln 800 ming so‘mlik qalʼa shaklidagi suvenir hamda boshqa bir rangli suvenirni Qatar Korrupsiyaga qarshi kurashish va qonun ustuvorligi markazi hamda Bosh prokuraturasi bergan. Qatarning Davlat audit byurosi sovg‘a qilgan lagan esa 2 mln 400 ming so‘mga baholangan. Mamlakatning mamuriy nazorat va shaffoflik idorasi bergan, Qatar hamda O‘zbekiston davlatlari bayrog‘i aks ettirilgan, metalldan yasalgan kema shaklidagi suvenir 2,5 mln so‘m turadi. Ularning barchasi agentlik rahbari Akmal Burxonovga hadya qilingan.

 

Shuningdek, u Tojikiston davlat Moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan 2 mln 800 ming so‘mlik yashil oniks vaza qabul qilib olgan.

 

Berilgan sovg‘alarning ro‘yxati:

 

акмал бурхонов, антикоррупция агентлиги

акмал бурхонов, антикоррупция агентлиги

 

Berilgan hadyalarning qiymatini Sovg‘alar reyestrini yuritish davlat organining xo‘jalik bo‘linmasi savdo do‘konlari, internet hamda boshqa manbalar va usullar orqali o‘rganib chiqqan va uning o‘rtacha qiymatini kiritgan.

 

custom img

Navoiyda pora olishdan bosh tortgan YPX xodimiga 1000 dollar mukofot berildi

Mast holda avtomobil boshqargan haydovchining otasi IIO xodimiga ma’muriy materiallarni sudga yubormaslik uchun pora taklif qilgan.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi

“Yo‘l xaritasi”da bir qator tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

custom img

O‘zbekiston Hindiston bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

Tomonlar o‘rtasida bozorga kirish masalalari bo‘yicha protokol imzolandi.

custom img

Saida Mirziyoyeva kichik biznes uchun soliq sharoitlari yengillashtirilgani haqida yozdi

Saida Mirziyoyeva buning samarasini, eng avvalo, oilaviy korxonalar, kafelar, do‘konlar, xizmat ko‘rsatuvchilar, mamlakat iqtisodiyotini harakatga keltirayotgan minglab insonlar his qilishini ta’kidladi.

custom img

Tadbirkorlarga QQSni hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqi beriladi

Mazkur tartib davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalar hamda yirik soliq to‘lovchilarga tatbiq etilmaydi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Prezident Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi tadbirlarida ishtirok etadi.

custom img

Farg‘onada erkak yer talashib odamlarga pichoq bilan tahdid qildi

Bolalar futbol maydonidagi obodonlashtirish ishlari vaqtida yer masalasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

custom img

Prezident farmoni bilan bir guruh marhum ijodkorlar mukofotlandi

Mamlakatda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shgan marhum san’atkor, yozuvchi, hofiz, olimlar taqdirlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"