Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
Prezident Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi tadbirlarida ishtirok etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
Mamlakat yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari maqomida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi tadbirlarida ishtirok etadi.








