O'zbekiston

Navoiyda pora olishdan bosh tortgan YPX xodimiga 1000 dollar mukofot berildi

Mast holda avtomobil boshqargan haydovchining otasi IIO xodimiga ma’muriy materiallarni sudga yubormaslik uchun pora taklif qilgan.

Navoiyda pora olishdan bosh tortgan YPX xodimiga 1000 dollar mukofot berildi

Navoiy viloyatida xizmat vazifasini halol bajargan yo‘l-patrul xizmati xodimi pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 2026-yil 7-aprel kuni Karmana tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari Samarqand–Navoiy yo‘nalishida harakatlanayotgan Lacetti avtomobilini to‘xtatib, tekshiruv o‘tkazgan. Natijada haydovchi transport vositasini mast holda boshqarayotgani aniqlangan.

 

Shundan so‘ng qoidabuzarlik bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, ertasi kuni haydovchi otasi bilan YPX xodimlari huzuriga kelgan. Fuqaro ma’muriy materiallarni sudga yubormaslik hamda avtomobilni jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga inspektorga 1000 dollar pora taklif qilgan.

 

Xodim ushbu holat haqida ichki ishlar organlariga xabar bergan. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro YPX inspektoriga taklif qilingan porani berishga uringan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, pora olishdan bosh tortgan kapitan Sherbek Turxonov davlat tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari, ya’ni 12 million 360 ming so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlangan.

 

Avvalroq Toshkent shahrida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.