O'zbekiston

Farg‘onada erkak yer talashib odamlarga pichoq bilan tahdid qildi

Bolalar futbol maydonidagi obodonlashtirish ishlari vaqtida yer masalasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Farg‘onada erkak yer talashib odamlarga pichoq bilan tahdid qildi

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida yer masalasi sabab kelishmovchilik yuzaga kelib, fuqaro pichoq bilan tahdid qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot berdi.

 

Qayd etilishicha, joriy yilning 22-may kuni Quva tumani “Sultonobod” mahallasida yashovchi fuqaro A.A. yashash hududidagi bolalar futbol maydonida obodonlashtirish ishlarini olib borayotgan mahalladoshlari L.H. hamda H.A. bilan yer maydoni yuzasidan tortishib qolgan.Ma’lum qilinishicha, fuqaro ushbu hududda o‘zining 8 metr haqqi borligini bildirib, janjal chiqargan hamda jamoat joyiga sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan pichoq olib kelgan.

 

Fuqarolarning murojaatidan so‘ng profilaktika inspektorlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, kelishmovchilikni bartaraf etgan. Shuningdek, fuqaro qo‘lida bo‘lgan pichoq tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Hodisa davomida hech kim tan jarohati olmagan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro A.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 185-2-moddasi (sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga yuborilgan.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.