O'zbekiston

Navoiyda havo ifloslanishiga sababchi 3 korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Agar kamchiliklar bartaraf etilmasa, korxonalar ustidan sudga da’vo kiritiladi.

Navoiyda havo ifloslanishiga sababchi 3 korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi chora-tadbirlar doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan bir nechta sanoat subyektlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

 

Xususan,19-iyul kuni shaharning turli hududlarida havoning keskin ifloslanishi va oq tutun ko‘rinishi bo‘yicha jamoatchilikdan tushgan murojaatlar asosida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida quyidagi holatlar aniqlandi:

 

“Zarafshon Industrial Technology” MChJ – korxona tomonidan atrof-muhitga chiqarilayotgan zararli moddalarning miqdori ekologik ekspertiza xulosasida belgilangan me’yordan bir necha barobar yuqori bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Jumladan, vodorod sulfid – 25 baravar, azot oksidi – 12 baravar, ammiak – 7 baravar, oltingugurt dioksidi – 2,6 baravardan ortiq ifloslantiruvchi modda aniqlangan.

 

“Sogda Kimyo Zavodi” MChJ – tegishli davlat ekologik ekspertizasidan o‘tmasdan ishlab chiqarish faoliyatini olib borgan. Bundan tashqari, chiqindilarni tartibsiz saqlash, ochiq hovuzlarda zararli moddalarni yig‘ish, kislotali suvlarni ochiq maydonlarga tashlash holatlari aniqlangan. Korxonaga atrof-muhitga yetkazilgan zarar evaziga 7 milliard 382 million so‘m miqdorida to‘lov belgilandi.

 

“Ferrosplav” MChJ – ham ekologik ekspertizadan o‘tmasdan faoliyat yuritib kelgan. Atmosferaga zararli moddalar chiqarilgani va sanoat chiqindilari tartibsiz to‘plangani aniqlangan.

 

Ekologik qonunchilik talablari buzilgani sababli ushbu uchta korxona faoliyati 10 kunga to‘xtatildi. Agar bu muddat ichida kamchiliklar bartaraf etilmasa va faoliyat ekologik me’yorlarga moslashtirilmasa, sudga murojaat qilinib, korxonalarning faoliyatini to‘liq to‘xtatish choralari ko‘riladi.

custom img

Endi jarima maydonchasidagi mashinani onlayn chiqarish mumkin

Yangi tartibga ko‘ra, murojaatlar avtomatlashtirilgan tizimda tekshirilib, 1 ish kunida javob beriladi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtda ko‘llar sonini 12 taga yetkazishni topshirdi

Shuningdek, joriy yilda 13 ta yangi gidroelektr stansiyani ishga tushirish va yuzlab ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

custom img

Toshkentdagi omborxonada yirik yong‘in yuz berdi

Voqea joyiga qutqaruv ekipajlari yetib borgan va yong‘in qurshab olingan.

custom img

O‘zbekiston tashabbusi jahon miqyosida: zilzila qurbonlari xotirasi uchun xalqaro kun

O‘zbekistonda aholini zilzilaga tayyorlash bo‘yicha milliy ta’lim platformasi ishga tushirildi. U orqali 7 mlndan ortiq fuqaro tegishli bilimlarga ega bo‘ldi.

custom img

Denovda 4 zo‘ravon bir erkakni urib o‘ldirdi

Janjal pul oldi-berdi masalasidagi ziddiyat tufayli yuz bergan.

custom img

Radar qo‘yishdan maqsad faqat pul qilish bo‘lib qolyapti — deputat

Deputat radarlardagi xatoliklar sabab noto‘g‘ri qo‘llanilgan jarimalar haydovchilarga qaytarilishi kerakligini aytdi.

custom img

Toshkentda profilaktika inspektorlari nogironligi bo‘lgan ayolni kaltaklagani rad etildi

Toshkent shahar IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

Bag‘dod tumaniga yangi hokim tayinlandi

U avval Farg‘ona viloyati hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"