O'zbekiston

Toshkentda profilaktika inspektorlari nogironligi bo‘lgan ayolni kaltaklagani rad etildi

Toshkent shahar IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

Toshkentda profilaktika inspektorlari nogironligi bo‘lgan ayolni kaltaklagani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda profilaktika inspektorlari nogironligi bo‘lgan ayolni kaltaklagani haqida xabarlar tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIB rasmiy ma’lumot berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 1995-yilda tug‘ilgan Sh.Q. (nogironligi mavjud emas) 2025-yilning yanvar oyidan avgust oyiga qadar tanishi 1996-yilda tug‘ilgan X.M. bilan rasmiy nikohsiz Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan uyda (X.M.ga tegishli xonadon) birga yashab kelgan. 

 

2025-yilning dekabr oyida fuqaro X.M. ushbu xonadonni 1999-yilda tug‘ilgan Z.S. ga ijaraga bergan. 10 dekabr kuni ushbu xonadonga Sh.Q. o‘zining onasi G.Q. va singlisi Z.Q. bilan birga kelib, ijarada yashayotgan fuqarolar bilan o‘zaro janjallashgan. Voqea joyiga hududiy profilaktika inspektorlari A.Xoliyorov va U.Xamidullayevlar kelib, ushbu janjalni to‘xtatishga harakat qilgan. Shu jarayonda Sh.Q. xonadonga kirish eshigi oldiga yotib olib, xonadondan ketmasligini ma’lum qilib janjal qilgan. Ushbu janjalga Z.S.ning otasi S.S. ham aralashgan va G.Q. yengil darajadagi jarohat olgan.

 

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan fuqarolar Sh.Q., G.Q., Z.Q. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi, 194-moddasi bilan, Z.S.ga 183-modda bilan, S.S.ga 52-modda asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudiga taqdim etilgan. 

 

Biroq, Sh.Q., G.Q., Z.Q. lar bir necha marotaba sudga chaqirilgan bo‘lsa-da sudga kelmaganligi aniqlangan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"