O'zbekiston

Endi jarima maydonchasidagi mashinani onlayn chiqarish mumkin

Yangi tartibga ko‘ra, murojaatlar avtomatlashtirilgan tizimda tekshirilib, 1 ish kunida javob beriladi.

Endi jarima maydonchasidagi mashinani onlayn chiqarish mumkin

 

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 208-sonli qaroriga muvofiq, avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish bo‘yicha Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron tarzda murojaat qilishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Ushbu tartibga ko‘ra, avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan chiqarish bo‘yicha davlat xizmati bir nechta qulay kanallar orqali amalga oshiriladi. Xususan, fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

Murojaat qiluvchi YAIDXP yoki mobil ilova orqali ariza yuborganida, elektron shaklda so‘rovnoma to‘ldiriladi va undagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi avtomatlashtirilgan tizim orqali tekshiriladi.

 

Vakolatli organ tomonidan murojaat ko‘rib chiqish jarayonida transport vositasining jarima maydonchasiga joylashtirilish asoslari, shuningdek, ushbu asoslarning bartaraf etilgani yoki ma’muriy ish yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinganligi o‘rganiladi.

 

Agar barcha talablar bajarilganligi tasdiqlansa, murojaat qiluvchiga bir ish kuni ichida transport vositasini jarima maydonchasidan olib chiqishga ruxsat beruvchi elektron xabarnoma yuboriladi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.