O'zbekiston

Denovda 4 zo‘ravon bir erkakni urib o‘ldirdi

Janjal pul oldi-berdi masalasidagi ziddiyat tufayli yuz bergan.

Denovda 4 zo‘ravon bir erkakni urib o‘ldirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Denov shahrida fuqaro urib o‘ldirilgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan viloyat IIB rasmiy axborot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 27-aprel kuni soat 17:50 atrofida “Bog‘ishamol” mahallasi hududida joylashgan avtotransport yuvish shoxobchasi oldida 1970-yilda tug‘ilgan A.U. va uning o‘g‘li, 1994-yilda tug‘ilgan A.A.ga bir guruh shaxslar hujum qilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea pul oldi-berdi masalasida avvaldan mavjud bo‘lgan ziddiyat ortidan kelib chiqqan. Jabrlanuvchilarni ularning jiyani — 1989-yilda tug‘ilgan Q.Sh. hamda uning 3 nafar sherigi urgan va tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng ular jabrlanuvchilardan birini "Gentra" avtomashinasiga o‘tqazib, voqea joyidan olib ketishgan.

 

Jabrlanuvchi A.A. shu kuni tuman tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. U og‘ir, hayot uchun xavfli tan jarohatlari olgan bo‘lib, shifokorlar ko‘rsatgan muolajalarga qaramasdan 28-aprel kuni vafot etgan.

 

Holat yuzasidan Denov tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “k, ye” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, to‘rt nafar gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan.

 

Keyinroq jinoyat ishi mazkur kodeksning 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan. 

 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.