Siyosat

Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Toshkentda oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish 29-30-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati .

 

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkentda oliy darajadagi muzokaralar bo'lib o'tadi, ular davomida O'zbekiston-Chexiya ko'p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

 

Asosiy e'tibor o'zaro savdoni oshirish va mashinasozlik, yashil energiya, kimyo, farmatsevtika va transport sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratiladi. Madaniy, gumanitar va ta'lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilinadi.

 

Xalqaro masalalar, jumladan, koʻp tomonlama maydonlarda oʻzaro qoʻllab-quvvatlash boʻyicha fikr almashinuv ham boʻlib oʻtadi.

 

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hujjatlar to'plami imzolanishi kutilmoqda.

 

Bosh vazir Andrey Babish tashrifi doirasida Oʻzbekiston-Chexiya biznes forumida ham ishtirok etadi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.