O'zbekiston

Ekologiya vazirligi hukumat bo'ysunuvidan chiqariladi, Turizm qo'mitasi mustaqil bo'ladi

Prezident Farmoniga ko‘ra, yangi tashkil etilgan Ekologiya qo‘mitasi bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisob beradi. Davlat tashkilotlari va mansabdorlarning Qo‘mita faoliyatiga aralashishi taqiqlanadi.

Ekologiya vazirligi hukumat bo'ysunuvidan chiqariladi, Turizm qo'mitasi mustaqil bo'ladi



O'zbekiston Prezidenti “Ekologiya va turizm sohalarida aholining ehtiyojlariga tezkor javob beradigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

 

Mazkur Farmonga muvofiq bir qator tizimli o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Xususan:

Turizm qo‘mitasi qayta tashkil etiladi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etiladi.

 

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tuziladi.

Vazirlik Vazirlar Mahkamasi tizimidan chiqarilib, uning negizida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashkil etiladi.

 

Yangi lavozim joriy etiladi.

Prezidentning ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi lavozimi tasdiqlanadi.

 

Qator umumxalq ekologik loyihalar uchun mas’uliyat belgilandi.

Ekologiya qo‘mitasi “Chiqindidan holi hudud”, “Toza havo”, “Yashil makon”, “Eko-madaniyat” va “Bio meros” kabi umum­milliy loyihalarni amalga oshiradi.

 

“Ekoloyiha fabrikasi” tashkil etiladi.

Qo‘mita huzurida 15 nafargacha xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokidagi “Ekoloyihalar fabrikasi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

 

Ekologik nazoratning yangi tuzilmasi yaratiladi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tashkil etiladi.

 

Prezidentning yana bir qarori – Ekologiya qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar. Unga muvofiq:

  • “Ekologik monitoring milliy markazi” tashkil etiladi. “Maxsus tahliliy nazorat markazi” asosida yangi davlat muassasasi tuziladi.

 

  • 2026-yil 1-sentabrdan yagona ekologik onlayn platforma ishga tushiriladi. Korxonalarda fon-monitoring stansiyalari majburiy o‘rnatiladi. I va II toifadagi sanoat korxonalari 2026-yil 1-martga qadar monitoring stansiyalarini o‘rnatib, ularni Milliy markazga integratsiya qilishi shart. Aks holda kompensatsiya to‘lovlari 5 baravar oshiriladi.

 

  • Tabiatga zarar yetkazish uchun beriladigan imtiyozlar qayta ko‘rib chiqiladi. 2026-yil 1-martdan boshlab barcha imtiyozlar bekor qilinadi, ularga faqat qonun orqali ruxsat berilishi mumkin bo‘ladi.

 

  • Ekologiya talablarini chetlab o‘tishga yo‘l qo‘yilmaydi. Daraxtlarni kesish, davlat ekologik ekspertizasi, yoki boshqa ekologik ruxsatlarni talablardan chetga chiqib berishga oid har qanday idoraviy va mahalliy hujjatlarni qabul qilish qat’iyan taqiqlanadi.

 

  • Ekopolitsiya vakolatlari kengaytiriladi. Xodimlarga jismoniy kuch, maxsus vositalar (elektroshoker), rezina o‘q, to‘r otuvchi qurol qo‘llash huquqi beriladi. Formaga body-kamera o‘rnatiladi.

 

  • Aholi punktlaridagi daraxtli hududlar muhofazasi kuchaytiriladi.

 

  • 2026-yil 1-apreldan boshlab, o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtli maydonlarni boshqa maqsadga ajratishni jamoatchilik tashabbusi bilan taqiqlash imkoniyati yaratiladi.
custom img

Navoiyda pora olishdan bosh tortgan YPX xodimiga 1000 dollar mukofot berildi

Mast holda avtomobil boshqargan haydovchining otasi IIO xodimiga ma’muriy materiallarni sudga yubormaslik uchun pora taklif qilgan.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi

“Yo‘l xaritasi”da bir qator tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

custom img

O‘zbekiston Hindiston bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

Tomonlar o‘rtasida bozorga kirish masalalari bo‘yicha protokol imzolandi.

custom img

Saida Mirziyoyeva kichik biznes uchun soliq sharoitlari yengillashtirilgani haqida yozdi

Saida Mirziyoyeva buning samarasini, eng avvalo, oilaviy korxonalar, kafelar, do‘konlar, xizmat ko‘rsatuvchilar, mamlakat iqtisodiyotini harakatga keltirayotgan minglab insonlar his qilishini ta’kidladi.

custom img

Tadbirkorlarga QQSni hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqi beriladi

Mazkur tartib davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalar hamda yirik soliq to‘lovchilarga tatbiq etilmaydi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Prezident Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi tadbirlarida ishtirok etadi.

custom img

Farg‘onada erkak yer talashib odamlarga pichoq bilan tahdid qildi

Bolalar futbol maydonidagi obodonlashtirish ishlari vaqtida yer masalasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

custom img

Prezident farmoni bilan bir guruh marhum ijodkorlar mukofotlandi

Mamlakatda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shgan marhum san’atkor, yozuvchi, hofiz, olimlar taqdirlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"