Jahon

Turkiyada maktabdagi otishmalarda halok bo‘lganlar soni 9 nafarga yetdi

Jinoyatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgan 83 nafar shaxsga nisbatan qo‘lga olish qarori chiqarildi, 93 ta Telegram guruhi yopildi.

Turkiyada maktabdagi otishmalarda halok bo‘lganlar soni 9 nafarga yetdi

Turkiyada Shanliurfa va Qahramonmarashda yuz bergan maktabdagi otishmalar yuzasidan keng ko‘lamli tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.

 

Turkiya Ichki ishlar vazirining ma’lum qilishicha, Qahramonmarashdagi hodisa oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan, ularning 8 nafari o‘quvchi, biri o‘qituvchi. Yana 13 kishi tan jarohati olgan bo‘lib, 6 nafari reanimatsiyada, 3 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Dastlab 4 kishi halok bo'lgani haqida xabar berilgandi.

 

Rasmiy bayonotga ko‘ra, jinoyatni targ‘ib qiluvchi va jamoat tartibiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan materiallarni tarqatgan 83 nafar shaxsga nisbatan qo‘lga olish qarori chiqarilgan hamda ularga nisbatan tegishli huquqiy choralar ko‘rilgan. Shuningdek, 940 ta ijtimoiy tarmoq akkauntiga kirish cheklovi joriy etilib, 93 ta Telegram guruhi yopilgan.

 

Qahramonmarashdagi qurolli hujum yuzasidan olib borilgan tergov doirasida hujumni sodir etgan shaxs — Isa Aras Mersinlining otasi Ugur Mersinli hibsga olingani ma’lum qilindi. Dastlabki o‘rganishlarda gumonlanuvchining WhatsApp profilida 2014-yilda AQShda hujum sodir etgan Elyot Rojerga ishora qiluvchi tasvirdan foydalangani aniqlangan.

 

Shanliurfaning Siverek tumanida sodir bo‘lgan yana bir maktab hujumi yuzasidan esa qo‘lga olinganlar soni 18 nafarga yetdi. Tergov davomida tahdidli izohlar qoldirgan hamda yolg‘on ma’lumotlarni ochiq tarqatgan shaxslar ham aniqlanib, ushlangan. Ushbu otishmada hujum qilgan shaxs o'z joniga qasd qilgan hamda 16 kishi yaralangandi.

 

Hodisa yuzasidan keng qamrovli tergov ishlari olib borilmoqda. Ichki ishlar vazirligi tomonidan 4 nafar ma’muriy va 4 nafar politsiya bosh inspektori jalb etilgan. Adliya vazirligi 3 nafar bosh prokuror o‘rinbosari hamda 4 nafar prokurorni ishga safarbar qilgan. 

 

Shuningdek, Milliy ta’lim vazirligi tomonidan ham alohida tekshiruvlar boshlangan.

 

custom img

Eronga nisbatan yadroviy qurol ishlatilmaydi — Tramp

AQSh prezidenti zarur bo‘lgan taqdirda an’anaviy harbiy vositalar orqali maqsadlarga erisha olishini ta’kidladi.

custom img

AQSHdagi radio dasturda Hindiston “do‘zax”ga qiyoslandi

Donald Tramp ushbu dastur stenogrammasini e’lon qilgani yuzasidan Hindiston norozilik bildirdi.

custom img

Madridda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

Forumda Osiyo, Yevropa Ittifoqi va Lotin Amerikasidan 70 dan ortiq ilmiy hamjamiyat vakillari, tadqiqotchilar, madaniyat arboblari, diplomatlar va mutaxassislar ishtirok etdi

custom img

Rossiya Prezidenti yirik shaharlarda mobil internet ishining cheklanishi bo‘yicha izoh berdi

Valdimir Putin mamlakatda kuzatilayotgan internet uzilishlari xavfsizlik sabablariga ko‘ra joriy etilayotganini aytdi.

custom img

Livan va Isroil o‘rtasidagi sulh uch haftaga uzaytirildi

“Hizbulloh” guruhi vakili ham sulhni davom ettirish tarafdori ekanini, lekin bu Isroilning kelishuvga qanchalik rioya qilishiga bog‘liqligini bildirdi.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozida mina tozalash ishlari uch baravar tezlashtirildi — Tramp

AQSh prezidenti ushbu jarayonni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar bergan.

custom img

AQSh NATOdagi “yaxshi” va “yomon” ittifoqchilarni ajratmoqda — Politico

Oq uy Eron bo‘yicha pozitsiyasini qo‘llamagan NATO davlatlariga nisbatan choralar ko‘rish variantlarini muhokama qilmoqda.

custom img

Ukraina frontdagi askarlarning 30 foizini jangovar robotlar bilan almashtirmoqchi

Mart oyining o‘zida robotlashtirilgan komplekslar frontda logistika va evakuatsiya bo‘yicha 9 mingdan ortiq vazifani bajargan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"