Jahon

Rossiya Prezidenti yirik shaharlarda mobil internet ishining cheklanishi bo‘yicha izoh berdi

Valdimir Putin mamlakatda kuzatilayotgan internet uzilishlari xavfsizlik sabablariga ko‘ra joriy etilayotganini aytdi.

Rossiya Prezidenti yirik shaharlarda mobil internet ishining cheklanishi bo‘yicha izoh berdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda kuzatilayotgan internet uzilishlari xavfsizlik sabablariga ko‘ra joriy etilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, u hukumat yig‘ilishida yirik shaharlarda internet bilan bog‘liq muammolar mavjudligini tan oldi. Prezidentga ko‘ra, bunday holatlar odatiy emas, biroq ayrim hollarda yuz bermoqda.

 

Putin internet cheklovlari terrorchilik hujumlarining oldini olishga qaratilgan tezkor choralar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyatlarda ustuvorlik aholi xavfsizligini ta’minlashga beriladi.

 

Shu bilan birga, u huquqni muhofaza qiluvchi organlar muhim xizmatlar uzluksiz ishlashini ta’minlash va muammolarga yechim topishda samarali yondashuvlarni qo‘llashi kerakligini qayd etdi.

 

Qayd etilishicha, o‘tgan oy Moskvada mobil internet qariyb uch hafta davomida o‘chirib qo‘yilgan. Shuningdek, boshqa hududlarda ham internet vaqtincha cheklanmoqda. Bu choralar Ukraina dronlari hujumlarni boshqarishda internetdan foydalanishi xavfi bilan izohlanmoqda.

 

Internet uzilishlari biznes vakillari, rasmiylar va fuqarolar tomonidan tanqid qilinmoqda. Ular bank, transport va boshqa kundalik xizmatlardagi uzilishlardan norozi ekanini bildirmoqda.

 

Kremlga yaqin manbaga ko‘ra, ayrim yuqori lavozimli amaldorlar va bankirlar internet cheklovlarini yumshatish bo‘yicha murojaat qilgan.

 

Putin internet uzilishlari haqida oldindan ma’lumot berish zararli bo‘lishi mumkinligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bu jinoyatchilarga o‘z harakatlarini moslashtirish imkonini berishi mumkin.

 

Prezident xavfsizlik va fuqarolik idoralari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish hamda muhim xizmatlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish zarurligini qayd etdi.

 

Mustaqil siyosiy tahlilchi Tatiana Stanovayaning fikricha, Putinning bayonoti internet uzilishlari oqlanishini anglatadi, biroq aholiga bu haqda yaxshiroq tushuntirish berilishi lozim.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"