Jahon

AQSh NATOdagi “yaxshi” va “yomon” ittifoqchilarni ajratmoqda — Politico

Oq uy Eron bo‘yicha pozitsiyasini qo‘llamagan NATO davlatlariga nisbatan choralar ko‘rish variantlarini muhokama qilmoqda.

AQSh NATOdagi “yaxshi” va “yomon” ittifoqchilarni ajratmoqda — Politico

AQSh ma’muriyati NATOga a’zo davlatlarni alyansga qo‘shayotgan hissasi hamda Vashington tashqi siyosatini qo‘llab-quvvatlash darajasiga qarab alohida toifalarga ajratgan maxsus ro‘yxat tayyorlagani ma’lum qilindi. Bu haqda Politico nashri manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Oq uy ayrim ittifoqchi davlatlarni “yaxshi” va “yomon” hamkorlar sifatida baholagan. Xususan, Eron bilan bog‘liq harbiy operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan mamlakatlarga nisbatan turli bosim choralarini ko‘rib chiqish masalasi muhokama qilinmoqda.

 

Qayd etilishicha, mazkur tashabbus NATO Bosh kotibi Mark Ruttening aprel oyi boshida Vashingtonga tashrifi oldidan AQSh rasmiylari tomonidan ishlab chiqilgan. Unda hamkor mamlakatlarning umumiy xavfsizlikka qo‘shayotgan hissasi, mudofaa xarajatlari va siyosiy qo‘llab-quvvatlash darajasi tahlil qilingan.

 

Ta’kidlanishicha, bu tashabbus AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining alyans ichidagi pozitsiyasini kuchaytirishga qaratilgan navbatdagi qadami sifatida baholanmoqda.

 

Manbalarga ko‘ra, qora ro‘yxatga tushgan davlatlarga nisbatan qo‘shinlarni joylashtirish siyosatini qayta ko‘rib chiqish, qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirish yoki qurol-yarog‘ savdosida cheklovlar joriy etish kabi choralar ko‘rib chiqilishi mumkin.

 

Shuningdek, ayrim davlatlarga nisbatan harbiy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shimcha imtiyozlar berish variantlari ham muhokama qilinayotgani qayd etildi.

 

Avvalroq Donald Tramp NATOning AQSh manfaatlariga yetarli darajada xizmat qilmayotgani haqida tanqidiy fikr bildirgan hamda ayrim a’zo davlatlarning Vashington tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlamayotganidan noroziligini ma’lum qilgan edi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.