Jahon

AQSHdagi radio dasturda Hindiston “do‘zax”ga qiyoslandi

Donald Tramp ushbu dastur stenogrammasini e’lon qilgani yuzasidan Hindiston norozilik bildirdi.

AQSHdagi radio dasturda Hindiston “do‘zax”ga qiyoslandi

Hindiston AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan ulashilgan va mamlakatni “do‘zaxga o‘xshash joy” (“hellhole”) deb ta’riflagan fikrlarni “asossiz” deb baholab, ularni noo‘rin va ikki davlat o‘rtasidagi mustahkam munosabatlarga mos kelmasligini bildirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur fikrlar konservativ sharhlovchi Maykl Savej tomonidan The Savage Nation radio dasturidagi chiqishida aytilgan. Tramp ushbu dastur stenogrammasini payshanba kuni o‘zining Truth Social sahifasida hech qanday, tushuntirishlarsiz joylashtirgan.

 

Stenogrammaga ko‘ra, Savej shunday degan: “Bu yerda tug‘ilgan bola darhol fuqaro bo‘ladi, keyin esa butun oilasini Xitoydan, Hindistondan yoki sayyoradagi boshqa ’do‘zaxga o‘xshash’ joylardan (Amerikaga) olib keladi.”

 

U, shuningdek, hozirgi muhojirlar orasida mamlakatga sadoqat deyarli yo‘qligini, bu avvalgidek emasligini aytgan. 

 

Tramp AQSHda tug‘ilganlik asosida fuqarolik berish amaliyotini cheklashga qaratilgan farmon chiqargan. Ushbu qaror AQSH Oliy sudida ko‘rib chiqilmoqda. U shu oy boshida mazkur masala bo‘yicha sud majlisida ham ishtirok etgan.

 

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi payshanba kuni kechqurun ushbu bayonotlarga keskin munosabat bildirdi. Vazirlik vakili Randhir Jaysval bu izohlarni noo‘rin va saviyasiz deb atadi.

 

Uning ta’kidlashicha, bu fikrlar Hindiston va AQSH o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va umumiy manfaatlarga asoslangan real munosabatlarni aks ettirmaydi.

 

AQShning Nyu Delidagi elchixonasi esa prezidentning Hindistonni “buyuk mamlakat” sifatida baholagan boshqa fikrlarini eslatib o‘tdi.

 

Hindistonning muxolif “Hindiston milliy kongressi” partiyasi mazkur bayonotni haqoratli deb baholab, bosh vazir Narendra Modini ushbu masalani AQSh rahbari bilan ko‘tarishga chaqirdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda qariyb 5,5 million hind kelib chiqishiga ega shaxslar istiqomat qiladi. Hind va xitoy diasporalari mamlakatdagi eng yirik Osiyo kelib chiqishidagi aholi guruhlarini tashkil etadi.

 

Tramp ma’muriyati tomonidan tug‘ilganlik asosida fuqarolik berishni cheklash tashabbusi ilgari surilgan bo‘lib, mazkur masala AQSH Oliy sudida ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"