1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

16 yoshli qizini tungi uchrashuvda ushlab olgan ota uni o‘ldirib qo‘ydi

Ota qizining tunggi vaqtda Spark‘da bir yigit bilan yashirin ravishda uchrashuvga chiqqani sabab uning bosh qismiga bir necha marotaba urgan.

16 yoshli qizini tungi uchrashuvda ushlab olgan ota uni o‘ldirib qo‘ydi

 

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada ota qizini urgani sabab u vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.

 

Aniqlanishicha, 2022 yil 3 iyun kuni Uchko‘prik tumani, Turg‘oq qishlog‘ida yashovchi Q.Sh.  2006 yilda tug‘ilgan qizi tungi vaqtlarda Spark‘da bir yigit bilan yashirin ravishda uchrashuvga chiqqanligini bilib qolgan.

 

Ushbu holatdan g‘azablangan ota qizini bosh qismiga bir necha marotaba urgan.

 

Olgan tan jarohati taʼsirida qiz hushini yo‘qotgan. Ota qizini yuziga suv sepib, hushiga keltirgan va boshqa o‘sha yigit bilan gaplashib yurmasligini tayinlagan.

 

Shundan so‘ng, qiz yotoqxonasiga kirib ketgan va olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan JKning 104-moddasi (Jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Uchko‘prik tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика