1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

18-may – Xalqaro muzeylar kuni

"O‘zbekiston sanʼati: XX-XXI asrlarda rangtasvir va haykaltaroshlik" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

18-may – Xalqaro muzeylar kuni

 

Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan hafta davomida respublika bo‘ylab tadbirlar — ijodiy uchrashuvlar, maʼruzalar va mahorat darslari o‘tkaziladi. Kunning eng muhim tadbiridan biri O‘zbekiston davlat sanʼat muzeyida birdaniga bir nechta yangi ekspozitsiyalar ochilgani bo‘ldi.

 

"Taʼkidlash kerakki, bugun O‘zbekiston davlat sanʼat muzeyida O‘zbekiston rangtasviri ekspozitsiyasi butunlay yangilanibdi. Buni ekspozitsiyani ko‘rib yaqqol his qilish mumkin. Sababi, O‘zbekiston tasviriy sanʼati, jumladan, rangtasvirining paydo bo‘lishi bir necha bosqichda amalga oshirilgan. Mana bugungi ko‘rgazmaning nomi ham "O‘zbekiston sanʼati: XX-XXI asrlarda rangtasvir va haykaltaroshlik" deb nomlangan. Sababi, butun XX asr davomida har o‘n yillikda turli siyosiy, ijtimoiy, badiiy hayotda o‘zgarishlar bo‘lgan. Shu o‘zgarishlar taʼsirida rassomlar ijod qilishgan. Biz bugun juda xursandmiz. Chunki O‘zbekiston rangtasviri evolyutsiyasini ekspozitsiya to‘liq qamrab ola olgan", — deydi sanʼatshunoslik fanlari falsafa doktori Dilzoda Alimqulova.

 

O‘zbekiston davlat sanʼat muzeyining uchinchi qavatida XX-XXI asrlarga oid O‘zbekiston rangtasvir va haykaltaroshlik sanʼatining yangilangan ekspozitsiyasi namoyish etildi. Unda O‘zbekistonning taniqli rassomlari — Lev Bure, Aleksandr Volkov, Mixail Kurzin, Viktor Ufimsev, Ural Tansiqboyev, Bahrom Hamdamiy va Akram Siddiqiylarning muzey kolleksiyalarida saqlanayotgan asarlari ko‘p yillar davomida birinchi marta tomoshabinlar eʼtiboriga havola qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика