1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

2-fevraldan metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi

Gaz ta’minotidagi bosimni me’yorda ushlab turish maqsadida ayrim hududlarda ish vaqti qisqartiriladi.

2-fevraldan metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi

 

 

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2-fevraldan boshlab respublika bo‘ylab metan yoqilg‘i quyish shoxobchalari soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi. Ushbu choralar gaz ta’minotidagi bosimni me’yorda ushlab turish maqsadida joriy etilmoqda.

 

Qayd etilishicha, Farg‘ona vodiysi hududlarida metan zapravkalarining ish vaqti mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, mavjud gaz bosimi darajasidan kelib chiqib belgilanadi. Ya’ni ayrim tuman va shaharlarda jadval o‘zgarishi mumkin.

 

Shu bilan birga, rasmiylarga ko‘ra, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus texnika hamda jamoat transportlari uchun gaz ta’minoti cheklanmaydi. Ular barqaror va uzluksiz gaz bilan ta’minlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика