1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

2 nafar shaxsni Tailandga fohishalikka jo'natmoqchi bo'lgan ayol aeroportida ushlandi

Ushbu jinoiy harakat Tailand davlatida bo‘lib turgan, 20 yoshli shaxs tomonidan tashkil etilgani aniqlangan.

2 nafar shaxsni Tailandga fohishalikka jo'natmoqchi bo'lgan ayol aeroportida ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida odam savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1998-yilda tug‘ilgan S.N. ikki nafar fuqaroni Tailand davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanish maqsadida yuborayotgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olindi.

 

Shuningdek, ushbu jinoiy harakat Tailand davlatida bo‘lib turgan, 2005-yilda tug‘ilgan F.A. tomonidan tashkil etilgani aniqlangan.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b”, “g”, “e”, “z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика