1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

2020-yilda mamlakatimizda tranport vositalaridan atmosferaga 3 million tonna gaz chiqarilgan

11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi hamkorligida " O‘zbekiston Respublikasining ekologik muammolarini hal qilishda sinergiya natijalari: davlat, jamoat tashkilotlari, biznes" mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

2020-yilda mamlakatimizda tranport vositalaridan atmosferaga 3 million tonna gaz chiqarilgan

 

Tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov hamda Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi Fedor Lukyanov, shuningdek, Respublika Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Navoiy va Olmaliq  kon-metallurgiya kombinatlari hamda RFning “SovPlim” kompaniyasi vakillari ishtirok etishdi.

 

So‘nggi yillarda sanoat ishlab chiqarishi jarayonining ekologiyaga yetkazadigan zararini kamaytirish dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Bunda innovatsion texnologik jarayonlardan foydalanish, ekologik toza texnologiyalar, sanoat, xomashyo turlarini chuqur tadqiq etish muhim hisoblanadi.

 

Konferensiyada so‘zga chiqqan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekovning maʼlum qilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda mavjud korxona va tashkilotlarda ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish ishlari kengaygan. Shunday bo‘lsa-da, respublikada 2020 yilda atmosfera havosi ifloslanishiga sabab bo‘lgan 6000 manba aniqlangan. Bundan tashqari respublikadagi sanoat korxonalarida 6500 ta gaz tozalagich rekonsruksiya qilishga muhtojligi  taʼkidlandi.

 

Kazbekovning aytishicha, 2020 yilda respublikada tranport vositalaridan atmosferaga 3 million tonna gaz chiqarilgan. Transport vositalarining ekologiyaga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida bir qancha tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Masalan, Toshkent shahrida sinov tariqasida elektrobuslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика