1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

2024-yilda dunyo bo‘yicha 1518 kishi qatl etildi

Bu 2015-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

2024-yilda dunyo bo‘yicha 1518 kishi qatl etildi

 

Xalqaro Amnistiya tashkiloti 2024-yilda dunyo bo‘ylab amalga oshirilgan o‘lim jazolari haqida yangi hisobot e’lon qildi. Unga ko‘ra, 15 ta mamlakatda jami 1518 kishi qatl etilgan. Bu 2015-yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

 

Hisobotda ta’kidlanishicha, ushbu raqamga Xitoy, Shimoliy Koreya va Vyetnamdagi qatllar kiritilmagan. Ushbu davlatlarda minglab odamlarning qatl etilgani taxmin qilinadi, ammo bu holatlar maxfiylik sababli tasdiqlanmagan. Shuningdek, Falastin, Suriya va boshqa urush zonalarida sodir bo‘lgan qatl holatlari ham statistikaga qo‘shilmagan.

 

Qatllarning katta qismi Yaqin Sharq davlatlariga to‘g‘ri keladi. Saudiya Arabistoni, Eron va Iroq – bu uch mamlakatda 1380 ta o‘lim jazosi amalga oshirilgan. Bu umumiy raqamning deyarli to‘liq qismini tashkil etadi.

 

Xalqaro Amnistiya Bosh kotibi Anyes Kallamardning ta’kidlashicha, o‘lim jazosi zamonaviy dunyoda o‘rin egallamasligi kerak: “2024-yilda atigi 15 davlat qatllarni amalga oshirdi. Bu raqam ikkinchi yil ketma-ket past darajada bo‘lib, dunyo bu shafqatsiz, g‘ayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi jazodan asta-sekin voz kechayotganini ko‘rsatadi.”

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика