“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023 yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘tgan ikki yilda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari natijasida tadbirkorlik sohasida ko‘plab tizimli muammolar hal etildi, shu jumladan biznes yuritishni soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimi va infratuzilma yaratish hamda mulk huquqini taʼminlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirildi. Tadbirkorlik subyektlarini mikro, kichik, o‘rta va yirik toifalarga, tuman va shaharlarni 5 ta toifaga ajratish orqali tadbirkorlikni manzilli qo‘llab-quvvatlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Qayd etilishicha, Prezidentning tadbirkorlar bilan 2024-yildagi ochiq muloqotini Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil qilinadi.


