1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

2025-yilda haydovchilarning rulda uxlab qolishi sabab 237 ta YTH sodir bo‘ldi - 139 kishi halok bo‘lgan.

O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tashvishli statistika qayd etildi.

2025-yilda haydovchilarning rulda uxlab qolishi sabab 237 ta YTH sodir bo‘ldi - 139 kishi halok bo‘lgan.

 

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil boshidan buyon haydovchilarning rulda uxlab qolishi oqibatida 237 ta yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Natijada 195 nafar fuqaro jarohatlangan, 139 kishi esa halok bo‘lgan.

 

Mutaxassislar qayd etishicha, charchoq holatida transport boshqarish mast holda haydash bilan teng xavflilikka ega. Ayniqsa qish mavsumida xavf oshadi: avtomobil salonining isishi haydovchini tezda uyquchan holatga olib keladi.

 

Uxlashga moyillik reaksiya tezligi va e’tibor darajasining keskin pasayishiga olib keladi. Miya ma’lumotni qayta ishlashga ulgura olmaydi, qaror qabul qilish sekinlashadi. Bu esa yo‘l belgilari, to‘sqinliklar, piyodalar yoki boshqa transport vositalarini o‘z vaqtida sezmay qolish ehtimolini oshiradi.

 

Eng xavfli holatlardan biri — mikrouyqu. U atigi bir necha soniya davom etadi, biroq haydovchi buni o‘zi sezmay qolishi mumkin. Shu vaqtning o‘zida avtomobil o‘nlab metr masofaga boshqaruvsiz harakatlanib, YTHga sabab bo‘ladi.

 

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilar orasida keng tarqalgan noto‘g‘ri “uyg‘otuvchi usullar” — baland musiqa qo‘yish, derazani ochish, gaplashish yoki saqich chaynash — amaliy natija bermasligini ta’kidladi. Ular faqat vaqtinchalik hushyorlik illyuziyasini beradi, ammo organizmdagi charchoqni bartaraf etmaydi.

 

Xizmat haydovchilarga charchoq sezilganda avtomobilni to‘xtatib, kamida 20–30 daqiqa dam olishni, iloji bo‘lsa qisqa uyqu qilishni tavsiya etadi. Qahva yoki kofeinli ichimlik biroz hushyorlik bag‘ishlashi mumkin, biroq bu uyquning o‘rnini bosa olmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика