1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

2025-yilda Orolbo‘yi ekologiyasini tiklashga 32 million dollardan ortiq grant jalb qilindi

Xalqaro loyihalar doirasida yuz minglab gektar maydon ko‘kalamzorlashtirilgan.

2025-yilda Orolbo‘yi ekologiyasini tiklashga 32 million dollardan ortiq grant jalb qilindi

 


“O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida Orolbo‘yi mintaqasining ekologik barqarorligini ta’minlash ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. 2025-yilda ushbu hududdagi ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida xalqaro hamkorlar ishtirokida 32 million dollardan ortiq grant mablag‘lari jalb etildi. Mablag‘lar tabiiy ekotizimlarni tiklash, ekologik xatarlarni kamaytirish va aholi turmush sharoitini yaxshilashga yo‘naltirildi.

 

Joriy yil davomida Orolbo‘yida jami 150 ming gektardan ortiq maydonda yashil hududlar barpo etildi. Asosiy ishlar Orol dengizining qurigan tubi va unga tutash hududlarda amalga oshirilib, Mo‘ynoq tumani, shuningdek, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining ayrim tumanlarini qamrab oldi.

 

Ko‘kalamzorlashtirishda sho‘r va qurg‘oqchil sharoitga chidamli o‘simlik turlariga ustuvorlik berildi. Saksovul, cherkas va qoraburoq kabi cho‘l o‘simliklari ekilib, buning uchun yuzlab tonna urug‘ zaxiralari tayyorlandi.

 

Shuningdek, 2025-yilda grant mablag‘lari hisobidan yettita xalqaro ekologik loyiha ishga tushirildi. Ular suv va yer resurslarini barqaror boshqarish, biologik xilma-xillikni saqlash hamda Orol inqirozi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan bo‘lib, mintaqaning uzoq muddatli barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика