1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

2026-yilda 110 kilometr yangi temir yo‘l tarmog‘i quriladi

Yangi liniyalar Toshkentni bir qator tuman va shaharlar bilan bog‘laydi.

2026-yilda 110 kilometr yangi temir yo‘l tarmog‘i quriladi

 

2026-yilda O‘zbekistonda 110 kilometr yangi temir yo‘l tarmog‘i qurilishi rejalashtirilmoqda. Natijada Bo‘ka, Piskent, Bekobod, Boyovut tumanlari hamda Nurafshon shahri poytaxt Toshkent bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri temir yo‘l aloqasiga ega bo‘ladi. Bu hududlar uchun transport qatnovi sezilarli darajada qulaylashadi.

 

Shuningdek, Prezident 2026-yilda Toshkent – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlar uchun yangi temir yo‘l liniyasini qurish ishlari boshlanishini ma’lum qildi. Ushbu loyiha ikki yirik shahar o‘rtasidagi qatnov vaqtini qisqartirish va yo‘lovchilar oqimini oshirishga xizmat qiladi.

 

Bundan tashqari, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Navoiy shaharlaridagi temir yo‘l vokzallarini xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berish rejalashtirilgani ham qayd etildi. Bu tashabbus temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика